Fuqarolik holati dalolatnomalari Reja: Fuqarolik holati dalolatnomalari O'limni qayd etish Tug'ilishni qayd etish tartibi va muddatlari Nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqt Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar Fuqarolik holati dalolatnomalari Fuqarolik holati dalolatnomalari-fuqarolar hayotidagi tug'ilish, o'lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish kabi voqea hamda faktlarning vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanishidir. Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish, jinsni o'zgartirish kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalariga tegishli o'zgartrishlar kiritishda ifodalanadi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat ahamiyatiga molik hujjatlar bo'lib, ikki nusxada tuziladi. FHDYO organlari quyidagi fuqarolik holatlarini dalolatnoma yozuvi tuzib qayd etadi; tug'ilganlik; nikoh tuzish; nikohdan ajralish; o'lim; Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish, jinsni o'zlashtirish kabi voqea va faktlar tegishliligicha tug'ilish, o'lim, nikoh va nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlariga zaruriy o'zgartrishlarni kiritishda ifodalanadi. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari har yilning 1 yanvaridan boshlab, 31 dekabrigacha tartib bilan (1 dan boshlanib) ketma-ket raqamlanishi zarur. Dalolatnoma yozuvlarini qayd etishdan oldin FHDYO xodimi yozuvni tuzish uchun asos bo'ladigan hujjatlarni e'tibor bilan tekshirib, dalolatnoma yozuvini hujjatlar asosida aniq, chiroyli dastxat bilan, chizib o'chirishlarsiz to'ldirishi lozim. Har bir dalolatnoma yozuvi uni to'ldirgan xodim va FHDYO organi tomonidan imzolanib, FHDYO organing gerbli muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar bo'lib, ikki nusxada tuziladi va 1-nusxasi uni qayd etgan FHDYO organining o'zida, 2-nusxasi esa yuqori turuvchi FHDYO arxivida 75 yillik muddat davomida saqlanadi. Ikkala nusxadagi dalolatnoma yozuvi tuzilgan vaqtda aynan bir xilda to'ldirilishi, keyinchalik tegishli o'zgartrishlar ham har ikkala nusxadagi dalolatnoma yozuviga baravar kiritilishi lozim. Tegishli o'zgartrishlar dalolatnoma yozuvining 1-nusxasiga kiritilgan kuniyoq bu haqda dalolatnoma yozuvining 2-nusxasiga ham kiritish uchun FHDYoning yuqori turuvchi arxiviga xabarnoma yuboriladi. 1-nusxa yo'qolgan alohida hollarda o'zgartirishlar to'g'ridan-to'g'ri 2- nusxaga kiritilishi mumkin. FHDYO organida qayd etilgan dalolatnoma yozuviga asosan, qat'iy hisobda turadigan, ma'lum seriyasi, tartib raqami bo'lgan, FHDYO organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi qo'yilgan, davlat gerbi tasvirlangan guvohnoma beriladi. Respublikamizda gerbli guvohnomalarning 4 shakli (turi) bor. Ular: tug'ilganlik haqidagi; nikoh qayd etilganligi; nikohdan ajralgan haqidagi; o'lim haqidagi guvohnomalaridir. Gerbli guvohnoma-fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvi qayd etilganligining qonuniy tasdig'idir. Dalolatnoma yozuviga asosan, FHDYO organi bergan guvohnoma unda ko'rsatilgan faktning to'g'riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi. Fuqarolik holati dalolatnomalari tuman va shaharlarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limlarida qayd etiladi, shaharcha, qishloq va ovullarda esa, tug'ilish, o'lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash - fuqarolar yig'ini raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin. Fuqarolik holati dalolatnomalari tuman va shaharlarda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.77 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.77 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: doc