Fuqarolik huquqi muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari. Firma nomi Reja: Firma nomiga bo'lgan huquqning amal qilishi va uni boshqa shaxsga berish tartibi. Tovar (xizmat ko'rsatish) belgisiga bo'lgan huquq Tovar (xizmat ko'rsatish) belgisini boshqa shaxslarga o'tkazish Tovar (xizmat) belgisiga bo'lgan huquqni buzganlik uchun javobgarlik. Tovar chiqarilgan joy nomiga bo'lgan huquq. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi Tovar chiqarilgan joy nomidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik. Malumki, har bir jismoniy shaxs - fuqaro o'z ism, nasabiga ega va bu uni boshqalardan ajratib turuvchi belgilardan biridir. Yuridik shaxslar ham o'zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomga ega bo'ladi. Tijoratchi bo'lmagan tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko'rsatishi kerak (masalan, «Lazzat» qandolat fabrikasi, «Kamolot» jamg'armasi va hokazo). O'zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to'g'risida»gi 2006 yil 18 sentyabrdagi Qonuni (keyingi o'rinlarda Qonun)ning 3-moddasiga muvofiq, firma nomi yuridik shaxs bo'lgan tijorat tashkilotining (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo'lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtda yuzaga keladi. Yuridik shaxs to'liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo'lishi mumkin. Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko'rsatilishi kerak. Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko'rsatilishi kerak. Yuridik shaxsning nomiga to'la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga shunday nomni yoxud davlat ramzlari (gerb, bayroq) elementlarini qo'shishga O'zbekiston Respublikasi hukumati belgilaydigan tartibda yo'l qo'yiladi. Yuridik shaxsning nomi uning tasis hujjatlarida ko'rsatiladi. Tijoratchi tashkilot bo'lgan yuridik shaxs o'z firma nomiga ega bo'lishi lozim va u undan foydalanish bo'yicha mutlaq huquqqa egadir. O'zga firma nomidan g'ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma nomiga egalik qilish huquqi bo'lgan shaxsning talabi bilan undan foydalanishni to'xtatishi va etkazilgan zararlarni to'lashi lozim (FKning 46-moddasi). Firma nomi - tijoratchi tashkilotning fuqarolik muomalasida ishtirokida uni boshqa qatnashchilardan, ularning tovarlari, ishlari va xizmatlaridan farqlovchi, ajratib turuvchi, individuallashtirish vositasi hisoblanadi. Yuridik shaxs firma nomidan yuridik shaxsning o'zini ham, uning ishlab chiqargan tovarlari, bajargan ishi, ko'rsatadigan xizmatini farqlovchi, xabardor qiluvchi vosita, belgi sifatida foydalanishiga bo'lgan mutlaq huquqi FKning 1098-moddasida qoida tariqasida belgilab qo'yilgan. Yuridik shaxsning firma nomi uning tasis hujjatlarini (ustav, tasis shartnomasi, tashkil etish haqidagi qaror) tasdiqlashda muassislar tomonidan belgilanadi va u yuridik shaxslar davlat reestriga kiritish yo'li bilan qayd etiladi, bu hakda yuridik shaxsga dalolatnoma beriladi. Firma nomida quyidagi belgilar ko'rsatilmasligi kerak.: 1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to'liq nomi; 2) ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.5 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.5 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: docx