Fuqarolik huquqi nazariyasi va uning tamoyillari

Fuqarolik huquqi nazariyasi va uning tamoyillari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik huquqi nazariyasi va uning tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik huquqi tushunchasi Fuqarolik huquqi O'zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo'lib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish davrida fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy, ma'naviy ehtiyojlarini tobora to'laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo'lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquq normalari yig'indisidan iboratdir. Sodda qilib aytganda, fuqarolik huquqi - yuridik jihatdan teng bo'lgan subyektlar o'rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig'indisidir. Fuqarolik huquqining huquq sohalari tizimida tutgan o'rnini anglash uchun, dastavval ushbu huquq sohasi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarni tahlil etish lozim. Ijtimoiy munosabatlar tizimida fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar keng o'rinni egallaydi. Ayniqsa, bu munosabatlar kishilar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy muomalada, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlarda ko'p uchraydi. Fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar doirasi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasida belgilab qo'yilgan. Bunga asosan fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo'lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o'zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar doirasida mulkiy munosabatlar yetakchi o'rinni egallaydi. Mulkiy munosabatlar deganda, iqtisodiy munosabatlar, yani ishlab chiqarish vositalari, istemol buyumlari, umuman kishi mehnatining har qanday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Mulkiy munosabatlarning barchasi ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinavermaydi. Bazi mulkiy munosabatlar huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Huquqiy munosabatda qatnashuvchi bir tarafning ikkinchi tarafga ma'muriy jihatdan bo'ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlar - ma'muriy huquq normalari bilan, soliq va byudjet bilan bog'liq munosabatlar - moliya huquqi normalari bilan, shuningdek yer bilan bog'liq munosabatlar - yer huquqi normalari bilan, mehnat shartnomasi hamda intizomiy bo'ysunuv bilan bog'liq munosabatlar - mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent (tenglik) barobari bilan belgilanadigan, qiymat, baho bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko'riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy xarakterdagi huquqiy munosabatlar, yani fuqarolar va tashkilotlarning moddiy boyliklarni yaratish, ularni egallash, bu boyliklardan foydalanish, ularni tasarruf etish sohasida bo'lgan o'zaro huquqiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlaridan, yani ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi hamda ular bilan chambarchas bog'liq holda ko'riladi. Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi va mustahkamlaydi. Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy shakli sifatida ko'riladi. Shu manoda mulkiy munosabatlar shaxslar o'rtasidagi, ularning erklari bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarning alohida toifasini - huquqiy munosabatlarni bildiradi. Fuqarolik huquqi mulkning barcha shakllari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.69 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga