Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va predmeti

Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va predmeti

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va predmeti - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik huquqi tushunchasi tamoyillari tizimi va predmeti Reja: Fuqarolik huquqi tushunchasi va predmeti. Fuqarolik huquqi manbalari. Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo'yicha amalda bo'lishi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar. Fuqarolik huquqiy munosabatlari subyektlari va obyektlari. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari. Fuqarolik huquqi tushunchasi va predmeti Fuqarolik huquqi tovar-pul munosabatlarini va tomonlarning (qatnashchilarning) tengligi asoslangan boshqa munosabatlarni, shuningdek mulkiy munosabatlar bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar majmuidan iborat. Fuqarolik huquqi fuqarolarning maishiy, savdo-sotiq, kommunal, transport xizmati ko'rsatish sohasidagi munosabatlarini tartibga solib turadi. Ko'pgina xollarda inson o'zining ijtimoiy faoliyatida, xususan kasaba uyushmasi ishida, xalq maslahatchisi bo'lib ishtirok etishda fuqarolik huquqi bilan to'qnashadi. Mulkiy munosabatlarning birinchi guruhiga mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi munosabatlar kiradi. Mulkiy munosabatlarning ikkinchi guruhiga ko'pdan-ko'p sharnoma munosabatlari (mol yetkazib berish shartnomasi, pudrat shartnomasi, yuklarni tashish shartnomasi) kiradi. Biroq bu munosabatlar shartnoma asosida paydo bo'lmasligi ham mumkin. Xususan etkazilgan zararning o'rnini qoplashda, asossiz ravishda qo'lga kiritilgan yoki saqlangan mol-mulkni qaytarib berishda, meros mulkning merosxo'rga o'tishida shunday munosabatlar vujudga kelishi mumkin. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar mulkiy munosabatlardan shu bilan farq qiladiki, ular qiymat bilan ifodalanmaydi, shaxs bilan chambarchas bog'liq. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar fuqarolar o'rtasida ham, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o'rtasida ham kelib chiqishi mumkin. Shaxsiy nomulkiy munosabatlar mulkiy munosabatlar bilan bog'liq bo'lishi va bog'liq bo'lmasligi ham mumkin. Birinchi holda biror kishi shaxsiy nomulkiy munosabatlarning poymol qilinishi unga malum miqdorda moddiy zarar etkazishi ham mumkin. Masalan, kishining oladigan qalam haqi uning asar muallifi deb tan olingan yoki tan olinmaganiga bog'liq bo'ladi. Mulkiy munosabatlar bilan bog'liq bo'lmagan nomulkiy munosabatlarga, masalan, tasviriy san'at asarini (agar unda boshqa shaxs tasvirlangan bo'lsa) elon qilish, nusxa ko'chirish va tarqatish tufayli vujudga keladigan munosabatlar kiradi. Umumiy qoidaga ko'ra bu ish faqat uning roziligi bilan, uning vafotidan keyin esa farzandlari va turmush o'rtog'ining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, bunday shaxsiy nomulkiy munosabatlar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi, bunday holda u qonunda bevosita nazarda tutilgan bo'lishi yoki shaxsiy nomulkiy munosabat mohiyatidan kelib chiqishi lozim. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunchilik uchun, jumladan, fuqarolik qonunchiligi uchun rahbariy manba hisoblanadi. Konstitutsiya u yoki bu munosabatni umumiy holda, konstitutsiyaviy darajada normalaydi, fuqarolik huquqiga doir qonunlar esa, uni to'ldiradi, aniqlashtiradi. Konstitutsiyaning 18,27,36,42,53,54,56-moddalari bevosita fuqaroli - huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va turlari Fuqarolik huquqining manbalari bu, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ hujjatlar. Huquq manbalari, birinchi navbatda qonunlar xisoplanadi. O'zbekiston Respublikasida qonunlari Oliy Majlis tamonidan qabul qilinadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 586.7 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 586.7 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga