Fuqarolik huquqining obyektlari

Fuqarolik huquqining obyektlari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik huquqining obyektlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari 2. Ashyolar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida 3. Mol-mulklar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida 4. Pullar va qimmatli qog'ozlar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida 5. Nomoddiy ne'matlar tushunchasi va tarkibi 6. Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri - fuqarolik huquqining obyekti sifatida 7. Ishlar va xizmatlar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari Huquqiy munosabatlarning obyekti huquq subyektlarining harakatlari qaratilgan, huquq va majburiyatlar uning ustida belgilangan narsalardir. O'zbekiston Respublikasi FKning 81-moddasiga asosan fuqaro-lik huquqlarining obyektlari jumlasiga: -ashyolar; -mol-mulklar; -pullar va qimmatli qog'ozlar; -ishlar va xizmatlar; -intellektual faoliyat natijalari; -shaxsiy nomulkiy huquqlar kiradi. Umumiy holda fuqarolik huquqining obyektlarini ikki turga, ya'ni moddiy va nomoddiy ne'matlarga bo'lish mumkin. Boshqacha aytganda, jismoniy va yuridik shaxslar foydala-nishi va tasarruf etishini amalga oshira oladigan, erkin suratda olish, sotish huquqi va odob-axloq normalari bilan cheklanmagan yoki taqiqlanmagan har qanday moddiy narsalar va moddiy qiy-matliklar qadriyatlar boylik hisoblanib, fuqarolik huquqining obyekti bo'la oladi. Ashyolar - fuqarolik huquqining obyekti sifatida Fuqarolik huquqlarining obyektlaridan biri hisoblangan ashyolar muayyan moddiy qiymatga ega bo'lgan hamda iqtisodiy muno-sabatning predmeti bo'la oladigan narsalargina bo'lishi mumkin. Ashyolar xalq farovonligi uchun, Respublika fuqarolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Fuqarolik huquqida ashyolar jonli ashyolar ham, masalan, uy hayvonlari; jonsiz ashyolar ham, shuningdek uy-joylar, ishlab chiqarish qurollari, asbob-uskunalar, kiyim-kechaklar va boshqa narsalar insonlarning yashashi uchun muhim ahamiyatga egadir. Huquq subyektlarining muayyan ashyo to'g'risidagi, jumladan, ashyodan foydalanish tartibi va uni tasarruf etish usullari to'g'risidagi xatti-harakatlarini belgilaydigan huquq normalari-ning yig'indisiga ashyo haqidagi qoida deb aytiladi. Ashyolarning jamiyatdagi tayinlanishlariga qarab, ularning har qaysisi uchun turlicha huquqiy qoida, masalan, yerdan foydalanish qoidasi, korxonalardan foydalanish, ularni tasarruf etish kabi qoidalar belgilanadi. Fuqarolik huquqida ashyolar o'zlarining iqtisodiy tayinla-nishlariga, shuningdek huquq normalarida aks ettirilgan jismiy va boshqa xususiyatlarga qarab bir necha turga bo'linadi (klassifi-katsiya qilinadi). Ashyolarning muayyan xususiyatlari yuzasidan ham maxsus qoida-lar belgilanishi mumkin. Masalan, o'zining xususiyatlari bo'yicha tevarak-atrofdagilar uchun xavf tug'diradigan ashyolar, ya'ni xavfli xossalarga ega ashyolar (portlovchi moddalar, qattiq ta'sir qiluvchi zahar kabilar) to'g'risida alohida qoidalar belgilangan (FK, 883-modda). Bunday ashyolarni erkin olish va sotishga yo'l qo'yilmaydi. Muomalada bo'lishga yo'l qo'yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan ob'-yektlar) qonunda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lishi kerak (masa-lan, O'zbekiston Respublikasi Mulkchilik to'g'risidagi qonunining 19-moddasi 1-bandida ko'rsatilgan va O'zbekiston Respublikasining mutlaq mulki hisoblanuvchi obyektlar). Shuningdek, bunday turkum-dagi ashyolar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan Alohida turdagi korxonalar va mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ayrim masalalari to'g'risida[68]gi qarorida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.75 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga