Fuqarolik huquqining umumiy tushunchalari

Fuqarolik huquqining umumiy tushunchalari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik huquqining umumiy tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik huquqining umumiy tushunchalari REJA: 1. Fuqarolik huquqi haqida umumiy tushuncha. 2. Mulk huquqi tushunchasi va uning shakllari 3. Shartnoma, uning huquqiy asoslari 4. Majburiyat huquqi. 5. Mualliflik va vorislik huquqi. 1. Fuqarolik huquqi haqida umumiy tushuncha. Fuqarolik huquqi tovar-pul munosabatlarini va tomonlarning tengligiga asoslangan boshqa munosabatlarni, mulkiy munosabatlarni va unga bog'liq bo'lgan shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar majmuidan iborat. Fuqaroliq huquqi - insonning kundalik hayoti va faoliyati bilan bog'liq bo'lgan huquq sohalaridan biridir. Fuqarolik huquqi fuqarolarning maishiy savdo-sotiq, kommunal transport xizmati ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Kundalik hayotda barchamiz mulkiy munosabatlarda ishtirok etamiz. Masalan, do'kondan biron narsa sotib olayotganimizda sotuvchiga pul beramiz, shundan keyingina u bizga kerakli narsani beradi. Bunda sotuvchi va oluvchi o'rtasida mulkiy munosabat sodir bo'ladi. Mulkiy bo'lmagan shaxsiy munosabatlar mulkiy munosabatlardan shu bilan farq qiladiki, bunda o'zaro munosabatlar qiymat (pul) bilan ifodalanmaydi, balki shaxsning o'zi bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Mulkiy va mulkiy bo'lmagan munosabatlar fuqarolik huquqiga taallukli manbalar bilan tartibga solinadi va himoya etiladi. Bu manbalarga O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunlari va qarorlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi kiradi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar deb, shaxslar o'rtasida bo'ladigan va fuqarolik-huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Fuqarolik- huquqiy munosabatlar shu munosabatlarda qatnashuvchi shaxslarning erki bo'yicha vujudga keladi. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar: 1. Davlat korxonalari o'rtasida; 2. Davlat korxonalari bilan fuqarolar o'rtasida; Fuqarolar bilan fuqarolar o'rtasida vujudga keladi. Masalan, bir korxona ikkinchi korxonaga mahsulot yetkazib beradi yoki davlat korxonasidan do'kon boshqaruvchisi aholiga sotish uchun tovar oladi yoki bir fuqaro ikkinchi fuqaroga qarz beradi. Bu huquqiy munosabatlar bitimlar, shartnomalar asosida vujudga keladi. Bitimlarda fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik huquqlari va vazifalari belgilanadi. Bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama bo'lishi mumkin. Bitimlar oddiy va murakkab shaklda tuziladi. fuqarolik huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar yuridik shaxslarga (korxona, tashkilot, jamoa xo'jaligi) va jismoniy shaxslarga (fuqarolar) bo'linadi. «O'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy xukuqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi». Jismoniy shaxslar - fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar hisoblanadi. Masalan, bir fuqaro ikkinchi fuqarodan qarz oladi. Bunda fuqarolik-huquqiy munosabatda ikkala fuqaro xam qatnashayapti. Chet el fuqarosi, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar xam O'zbeqiston hududida o'qib, ishlab, O'zbekiston fuqarolari bilan bir qatorda mulkiy munosabatlarda qatnashishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1017.38 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1017.38 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga