FuqarolIK HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISH Fuqarolik huquqida jismoniy shaxs o'ziga hos huquqiy maqomga ega. Uning subyektliligi hali inson sifatida mavjud bo'lmagan hollarda ham (tug'ilmasdan oldin merosga ega bo'lish jarayonida) yuzaga kelishi mumkin. Bunday xususiyat yuridik shaxs va davlatda mavjud emas. Aynan mazkur subyektning jismiy mavjudligi, munosabatlarda bevosita o'zi ishtirok etishi bilan ham boshqa fuqarolik huquqi subyektlaridan farqlanib turadi, zero yuridik shaxs va davlat jismiy mavjud bo'lmagan, mavxum subyektlar hisoblanadi hamda munosabatlarda jismoniy shaxs yordamiga tayanib ishtirok etadi. Fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati huquq va majburiyatlarga ega bo'lish layoqati bo'lib, u teng ravishda e'tirof etiladi Muomala layoqati Muomala layoqati fuqarolarning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish, amalga oshirish, o'zlari uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir emansipatsiya O'n olti yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan bo'lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, u to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi mumkin. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o'z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo'yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Fuqaroning muomala layoqatini cheklash Spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste'mol qilish natijasida o'z oilasini og'ir moddiy ahvolga solib qo'yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qo'yilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. E'tiboringiz uchun rahmat! ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.93 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.93 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: pptx