Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi

Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha tumanlararo va tuman (shahar) sudlari - umumiy yurisdiksiya sudlarining asosiy bo'g'ini, ularning vakolatlari Tumanlararo, tuman sudlarida ishni tashkil etish Sudyalar va xalq maslahatchilarining asosiy huquq va majburiyatlari Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi, jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining raisi Fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha tumanlararo va tuman (shahar) sudlari - umumiy yurisdiksiya sudlarining asosiy bo'g'ini, ularning vakolatlari Sud tizimini isloh qilishda muhim qadamlardan biri O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvo-fiq sudlarning ixtisoslashtirilishi, ya'ni umumiy yuris-diksiya sudlarini fuqarolik va jinoiy ishlar bo'yicha sudlarga ajratilish bo'ldi. Bu, shubhasiz fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini yanada mustahkamlash, sud ishlarini sifatli va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini ta'minlab berdi. Sudlarning ixtisoslashtirilishi odil sudlov uchun qo'-shimcha kafolatlarni beradi. Bir qator rivojlangan mamla-katlarda, xususan AQSH, Angliya, Fransiya, Italiya va Germa-niyada bir necha o'n yillar davomida odil sudlovni ixtisoslashtirilgan sudlar tomonidan amalga oshirilishi o'zini oqladi. Hatto bu mamlakatlarning ba'zi birlarida yanada chuqurroq ixtisoslashtirilgan sudlar mavjud, masalan oila-viy ishlar, mehnat, voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha sudlar va bosh. O'zbekiston Respublikasi ham sud faoliyatini yanada ixtisoslashtirish yo'lidan bormoqda. Odil sudlovni amalga oshirishning sifatini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 avgust 200 yildagi «O'zbekiston Respublikasining sud tizi-mini takomillashtirish to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari asosida fuqarolik ishlari bo'yicha Qaraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyatlar, Toshkent shahar va tu-manlararo sudlar, jinoyat ishlari bo'yicha Qaraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo'yicha viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) sudlari tashkil etildi. Ushbu farmon odil sudlov va sud ishlarini o'z vaqtida ko'rib chiqishni, fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini yanada ko'chayti-rishni ta'minlash maqsadida sudlarning ixtisoslashtiri-lishiga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasida 1 yanvar 2001 yildan boshlab fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha alohi-da sudlar o'z faoliyatlarini boshladilar. Hozirgi kunda sudyalar o'z ixtisoslariga muvofiq qo-nunchilik va sud amaliyotini yanada chuqurroq o'rganish imko-niyatiga egalar. Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha sudyalarni qayta ta-yyorlash bo'yicha alohida dasturlar ishlab chiqilmoqda. Umumiy sudlar tizimida fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va jinoyat ishlari bo'-yicha tuman (shahar) sudlari asosiy bo'g'in hisoblanadilar. Bu birinchi navbatda odil sudlovni amalga oshirishda keng vakolatlar berish hamda ko'rib chiqiladigan ishlarning salmog'ini oshirish bilan bog'liq. Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman sudlari, jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlarining hissasiga fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha hamda ma'muriy huquqbuzarlik bo'yicha materiallarning asosiy qismi to'g'ri keladi. Ular qonunga muvofiq boshqa sudlar (viloyat, harbiy va bosh. sudlar) vakolati doirasida bo'lgan fuqarolik va jinoyat ishlarnigina ko'rib chiqmaydilar. Odatda aholi o'z muammolari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.17 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.17 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga