Fuqarolik ishlarini sud va boshqa idoralarga taalluqliligi

Fuqarolik ishlarini sud va boshqa idoralarga taalluqliligi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik ishlarini sud va boshqa idoralarga taalluqliligi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Taalluqlilik tushunchasi 2.Fuqarolik ishlarining qaysi organga taalluqli bo'lishligini belgilash asoslari 3. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi 4. Jamoa xo'jaligi jamoa xo'jaliklararo xo'jalik nizolariga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi 5. Nikoh va oilaga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi 6. Turar joyiga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning taalluqliligi 7. Intelektual mulk obyektlarini muhofaza qilishdan kelib chiqadigan nizolarni ko'rib hal etish 8. Prokurorning huquqiy hujjatni g'ayriqonuniy deb topishi haqida Taalluqlilik tushunchasi Fuqarolik ishlarining taalluqliligi (podvedomstvennost) deganimizda bunday ishlarni ko'rish va hal qilish vazifasi qonun bilan muayyan davlat organi yoki jamoat tashkilotiga yuklatilganligi tushuniladi. Ma'lumki, fuqarolik ishlarini ko'ruvchi va hal qiluvchi organlar: sud, prokuratura, hokimliklarning bo'limlari, kasaba uyushmasi tashkilotlari, hakamlar sudi va fuqarolik ishlarini ko'rish va hal qilishga vakolatli (huquqli) bo'lgan boshqa tashkilotlar hisoblanadilar. Binobarin biron-bir fuqarolik da'vo talablari qo'zg'atilganida masalani hal qilish burchi (vazifasi) qaysi bir davlat organiga yoki jamoat tashkilotiga yuklatilgani, ya'ni bu masalani hal qilish huquqi mazkur organga (tashkilotga) tegishli bo'lish-bo'lmasligini yoki boshqa organga murojaat qilish lozim bo'lishligini bilish kerak bo'ladi. Sudlovlik (podsudnost) tushunchasi ikki ma'noda anglashiladi. Sudlovlik birinchidan, ayrim fuqarolik ishlarining ko'rilishi va hal qilinishi sud organlariga taalluqli (tegishli) bo'lishligini bildiradi: ikkinchidan, sudlovlik yagona sud tizimiga kiradigan sudlarning (tuman, shahar, viloyat, Respublika sudlarining) qaysi biri muayyan fuqarolik ishini ko'rish va hal qilishga vakolatli (huquqli) bo'lishini bildiradi (keyingi ma'nodagi tushuncha to'g'risida shu kitobning 14 va 22-boblarida gapiriladi). Davlat hokimiyati organi bo'lib ko'rilgan sud qonun bilan o'ziga taalluqli qilingan fuqarolik ishlarinigina ko'rish va hal qilishga haqli bo'ladi. Binobarin sudga taalluqlilik tushunchasi muayyan sud organining vakolatiga kiradigan ishlarnigina o'z doirasiga oladi. Bunday ko'riladigan va hal qilinadigan ishlarning doirasi-sud organlarining vakolatidan ajratadi. Fuqarolik ishlarining qanday turkumlari sudga doir bo'lishligi va qaysi biri boshqa organlarga (xo'jalik sudi, prokuraturaga, ma'muriy organlarga, hakamlar sudlariga hamda kasabalar uyushmasiga va hokazo) taalluqli bo'lishligini qonun belgilaydi.1 Aksariyat fuqarolik ishlarining ko'rilishi va hal etilishi qonunchilik bilan (O'zbekiston Respublikasi «Sud to'g'risida»gi qonun va FPK bilan sud organlariga taalluqli bo'lishligi belgilangan. Taalluqlilik va sudlovlikning belgilanishida birinchi instansiya sudlari bo'lib kiritilgan sudlarning huquqiy doiralari nazarda tutiladi. Hozirda qanday fuqarolik ishlarining sudlarga taalluqli bo'lishligi FPKning tubanda ko'rsatilgan moddalari bilan belgilanadi. FPKning 31-moddasiga muvofiq sudlarga taalluqli ishlar bo'lishi uchun: 1. taraflardan hech bo'lmaganda bittasi fuqaro bo'lgan nizolarga doir ishlar, qonunda bunday nizolarni hal qilish xo'jalik sudi yoki boshqa organlarga topshirilgan hollar bundan mustasno; 2. ushbu kodeksning 279-moddasida sanab o'tilgan alohida tartibda ko'riladigan ishlar; 3. qonun bilan sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar. Bunday ishlarga: 1) fuqarolik, oila, mehnat, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.43 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.43 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga