Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishda protsessual muddatlar, ularga rioya qilmaslik oqibatlari

Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishda protsessual muddatlar, ularga rioya qilmaslik oqibatlari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishda protsessual muddatlar, ularga rioya qilmaslik oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik ishlarini sudda ko'rishda protsessual muddatlar, ularga rioya qilmaslik oqibatlari Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to'g'ri, o'z vaqtida ko'rib chiqish va hal etishdan iboratdir (FPK 4-moddasi). Yuqoridagi vazifani amalga oshirilishida fuqarolik protsessual muddatlarning o'rni beqiyos hisoblanadi. Bu vazifaning bajarilishi fuqarolik sudlarida odil sudlovlikni ta'minlanishida, fuqarolarning qonunlarga to'la rioya etishida juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Yuridik adabiyotlarda protsessual muddat tushunchasiga turli xil ta'riflar berilgan. Masalan, S.A.Alexinaning fikriga ko'ra, prosessual muddatlar - bu vaqtning oralig'i bo'lib, uning davomida muayyan protsessual harakatlar bajarilishi lozim bo'lgan muddat tushuniladi. Sh.Sh.Shorahmetovning fikricha, protsessual muddat - bu fuqarolik ishlarni sudda ko'rish va hal qilish uchun qonun bilan belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarga aytiladi. Bizning fikrimizga ko'ra huquqshunos olimlar fuqarolik protsessul muddatlarni izohlashda uning u yoki bu belgilariga ko'proq e'tibor berishgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, protsessual muddat - bu fuqarolik ishlarini sudda ko'rish va hal qilish uchun qonun bilan belgilangan yoki sud tomonidan belgilangan muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun belgilangan vaqt oralig'i hisoblanadi. Huquqshunos olim S.A.Alexinaning fikricha, muddatlar, sudga qonunda belgilangan harakatlarni amalga oshirish huquq va majburiyatini yuklaydi. Protsessual adabiyotlarda ular xizmat muddatlari deb nomlanadi. Buni izohlash maqsadida u fuqarolik protsessual kodeksida ko'rsatilgan turli xil muddatlarni nafaqat vaqt oralig'ini balki muayyan vazifalarni yuklashini ko'rsatib o'tgan. Masalan, ishni tayyorlash va muhokama qilish, sud topshirig'ini bajarish, sud buyrug'ini topshirish, da'vo arizasini ish yurituviga qabul qilish va boshqalar. Yuridik adabiyotlarda protsessual muddatlarni ikki turga ajratilishi keng tarqalgan. Masalan, huquqshunos olim Sh.Sh.Shorahmetov protsessual muddatlarni qonun bilan belgilangan va sud tomonidan tayinlanadigan muddatga ajratadi. Shuningdek huquqshunos olim L.A.Krivonosova ham protsessual muddatlarni quyidagi ikki turga ajratadi: qonun bilan belgilangan va qat'iy belgilangan sud hamda ishtirokchilar uchun majburiy xarakterga ega muddatlar; ikkinchisi protsess ishtirokchilari uchun sud tomonidan belgilangan hamda sud tomonidan o'zgartirilishi, uzaytirilishi mumkin bo'lgan muddatlar. Ushbu muddatlar qonunda to'g'ridan to'g'ri ko'rsatib o'tilmaydi, aksincha sudya tomonidan belgilanadi. Huquqshunos olim N.I.Maslennikova protsess ishtirokchilari doirasiga ko'ra protsessual muddatlarni uchta turga ajratadi. Sud tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan harakatlarni belgilovchi muddatlar. Protsess ishtirokchilarini harakatlarini tartibga soluvchi muddatlar. Sud qarorlari ijrosi bilan bog'liq harakatlarni tartibga soluvchi muddatlar. Yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda, fikrimizcha fuqarolik protsessual qonunchiligi mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, protsessual muddatlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: normativ, ya'ni qonun bilan qat'iy belgilangan protsessual muddatlar (masalan, sudning qarori va ajrimi ustidan shikoyat berish muddati; sud majlisi bayonnomasiga nisbatan e'tiroz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.4 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.4 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga