Reja: 1. Sudlovlik tushunchasi 2. Hududiy sudlovlik turlari 3. Qabul qilingan ishning boshqa sudga o'tkazilishi Sudlovlik tushunchasi Qanday fuqarolik ishlar sudda ko'rish lozim bo'lishligi, ya'ni sudning vakolatiga berilganligi yuqoridagi 12-bobda taalluqlilik tushunchasida aytilgan. Sudlovlik, ya'ni sudlarning vakolatiga berilgan ishlarni endi qaysi sud ko'rib hal etilishligi tushunchasi bilan taallukulilik chambarchas bog'liqdir. Bu tushunchalar o'rtasidagi asosiy farq shundadirqi, talluklilik deganimizda fuqarolik ishlarini ko'rish va hal qilish yuzasidan sudlar bilan boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari o'rtasidagi huquq doirasi (kompetensiya)ning chegaralanishi, ajratishi nazarda tutilsa, sudlovlikda esa, bir tomonidan hal qilinadigan masalaning sudga taalluqli bo'lishini va ikkinchi tomonidan yagona sud tizimi ichida sudlar o'rtasidagi huquq darajasining belgilanishi tushuniladi. Bu bobda shu keyingi ikkinchi ma'nodagi sudlovlik to'g'risida so'z boradi. Sudlovlik deb sudlarga taalluqli bo'lgan hamma ishlarning sud tizimi bo'g'inlari o'rtasida taqsimlanishiga aytiladi. Ishning sudlovligini belgilash-mazkur ishni aynan qaysi sud ko'rishga va hal etishiga vakolatli bo'lishligini belgilash demakdir. Muayyan aniq bo'lgan ishni hal qilishga qaysi sud vakolatli bo'lishligini belgilashda sudlovlik ikki tomonlama: birinchidan, turdosh sudlovlik va ikkinchidan, hududiy sudlovlikka bo'linib chegaralanadi. Yagona sud tizimi tarkibidagi sudlovning qaysi bir turi (tuman, shahar, viloyat sudi, qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi) fuqarolik ishlarini birinchi instansiya sudi tariqasida ko'rishga vakolatliligini qonun belgilaydi. Ishning qaysi sudga tegishli bo'lishligini (sudlovlikni) belgilashda ko'riladigan ishning turiga ham, nizoning predmeti nimadan iborat bo'lishi va taraflarning kimlar bo'lishiga ham qaraladi. Sudlovlikning bunday chegaralanishiga turdosh sudlovlik (rodovaya podsudnost) deb aytiladi. Turdosh yoki predmetli sudlovlik deb ishning turi yoki xarakteriga qarab har xil turdagi sudlarga ishlarning tegishli bo'lishligi tushuniladi. Turdosh sudlovlik bo'yicha yagona sud tizimidagi har turli sudlar o'rtasidagi vakolati ajratiladi. FPKning 141-moddasida ko'rsatilganidek, sudlarga taalluqli hamma fuqarolik ishlari tuman (shahar) sudlarida ko'riladi. Bu qonunning mazmuniga ko'ra fuqarolik ishlarini ko'ruvchi va hal qiluvchi birinchi va asosiy sud instansiyasi tuman (shahar) sudlari hisoblanadi. Yuqori sudlar, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, alohida holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini o'z hududidagi mahalliy (quyi) sudlardan olishiga va uni birinchi instansiya sudi sifatida o'zining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga o'tkazishga haqlidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga qanday ishlarning tegishli bo'lishligi ham qonun bilan qat'iy belgilanmagan. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi «Sudlar to'g'risida»gi qonunda ko'rsatilishicha, birinchi instansiya sudi sifatida alohida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ishlarni ko'radi. Ayrim hollarda qaysi turkumdagi ish qaysi sudda ko'rilishi qonunda ko'rsatilgan bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi 1991 yil 15 fevraldagi qonunida jamoat birlashmalarining Nizomlarini ro'yxatga o'tkazish rad etilgan taqdirda shikoyat qilish huquqi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.17 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: doc