Fuqarolik jamiyati institutlari

Fuqarolik jamiyati institutlari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik jamiyati institutlari - rasmi

Material tavsifi

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI Fuqarolik jamiyati institutlari Fuqarolik jamiyati institutlari - jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy maqsadlarga erishish, ma'naviy va barcha nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish hamda boshqa ijtimoiy foydali natijalarga erishishni ta'minlovchi o'zini o'zi boshqaruvchi demokratik institutlardir. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, ilg'or demokratik davlatlar qonunchiligi asosida fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagicha guruhlarga bo'lish mumkin: -jamoat birlashmalari; - kasaba uyushmalari; - ijodiy ittifoqlar; - o'zini o'zi bosharuvchi tashkilotlar; - siyosiy partiyalar; - xodimlarning sohaviy assotsiatsiyalari; - fuqarolik tashabbuslari institutlari; - jamoatchilik kengashlari; - o'zini o'zi boshqarish organlari; - jamoatchilik kuzatuvi komissiyalari va boshqalar. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 148-moddasi Bugungi kunda O'zbekistonda 9 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlar, 9 mingdan ortiq o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyat yuritmoqda. Mahalla - dunyoda kamdan-kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan uyg'un va bag'rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat o'rtasida ishonchli ko'prik vazifasini bajaradigan noyob ijtimoiy tuzilma. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 69-moddasiga ko'ra, mahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida belgilandi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (mahalla) - asrlar osha milliy urf-odat va an'analarimizni bezavol saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qo'shnichilik va hamjihatlik maskani bo'lib kelmoqda. Uning bevosita aholi tomonidan shakllantirilib, davlatdan mustaqil holda faoliyat yuritib, o'z hududida yashab kelayotgan aholining manfaatlarini to'g'ridan-to'g'ri ifoda etishi kuchli fuqarolik jamiyatining asosiy talabidir. Mahalla institutining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi Siyosiy partiyalar: faoliyatining huquqiy asoslari, o'ziga xos xususiyatlari Siyosiy partiya jamoat birlashmasining shunday bir shakliki, u orqali muayyan guruh (masalan, tadbirkorlar, shifokorlar va h.k.) o'zaro birlashib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tgan holda o'z xoxish-istaklarini, manfaatlarini davlat boshqaruvida hisobga olinishi hamda boshqaruvda ishtirok etish uchun kurashadilar. Siyosiy partiyaning boshqa jamoat birlashmalari yoki turli nodavlat notijorat tashkilotlaridan asosiy farqi, ularning hokimiyat uchun kurashda (saylovlarda) ishtirok etishidir. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasiga Siyosiy partiya muayyan manfaatlar birligi asosida birlashgan fuqarolardan iborat, hokimiyat uchun, boshqaruvda ishtirok etish uchun harakat qiladigan nodavlat tashkiloti hisoblanadi. Bunday demokratik institutlarning mavjudligi jamiyatda fikrlar xilma-xilligini ta'minlashga xizmat qiladi. Davlat boshqaruvida yagona g'oya xukmronligini cheklaydi, rivojlanishga, taraqqiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo'lgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi bo'lishi talab etiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.94 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.94 MB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga