Fuqarolik jamiyati tushunchasi

Fuqarolik jamiyati tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik jamiyati tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Fuqarolik jamiyati tushunchasi 2. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va xususiyatlari 3. Fuqarolik jamiyatining muhim omillari Fuqarolik jamiyati tushunchasi Davlat va jamiyat qadimdan bir-biri bilan o'zaro uyg'unlikda rivojlanib kelayotgan ijtimoiy hayot birliklari hisoblanadi. Davlat kishilik jamiyati shakllanishining muayyan bosqichida vujudga kelgan. O'z o'rnida fuqarolik jamiyati insoniyat tomonidan asos solingan davlat va jamiyat hayotining eng oliy shaklidir. Fuqarolik jamiyati tarixiy taraqqiyotning, insoniyat sivilizatsiyasi madaniy-ma'rifiy yuksalishining yetuklik darajasidir. Mazkur jamiyat ijtimoiy munosabatlarning oqilona huquqiy tartibga solinganligi, umuminsoniy demokratik qadriyatlar va institutlar qaror topganligi, adolatli qonunlar tizimi shakllanganligi, davlat va barcha fuqarolik jamiyati institutlari xalq va fuqarolar manfaati uchun faoliyat ko'rsatadigan, fuqarolari komillikka, yuksak ma'naviy-ma'rifiy hamda madaniy sifatlarga erishganligi bilan ta'riflanadi. Fuqarolik jamiyati - har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an'ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e'zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so'zsiz ta'minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma'naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin demokratik huquqiy jamiyatdir. 2. Jamiyat mazmuni, uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatining xususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi. 1.Jamiyat va shaxs ehtiyojlari tizimida faol ijobiy faoliyat va mehnatning roli alohida mazmunga ega bo'lishi. 3. Fuqarolarning yuridik jihatdan bir xil maqomga egaligi va qonun oldida tengligi. Jamiyatda adolatli sud tizimining qaror topishi. 4. Shaxsning xususiy hayoti va iqtisodiy faoliyatiga davlat aralashuvining qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilikning mavjud bo'lishi. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va xususiyatlari 6. Davlat, davlat idoralari va fuqarolar huquqning teng subyekti sifatida munosabatga kirisha olishi, ularning sudda teng taraflar sifatida maydonga chiqa olishi. Fuqarolar huquqlarini kafolatlash mexanizmlarining yaratilganligi. 8. Jamiyatning yuksak ma'naviy-madaniy'va axloqiy rivojlanganligi, insonlar o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat doirasida, shaxs qadrini e'zozlash asosiga qurilganligi. 5. Shaxsning davlat hokimiyatiga nisbatan mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi. 7. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlari, jumladan, fuqarolarning ozini o'zi boshqarish organlari tizimining mavjudligi. Fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi mezonlar bo'yicha tasniflash mumkin: 1. Iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar: xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlari; tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va boshqalar. 2. Ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar: ta'lim-tarbiya muassasalari (maktab, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari); fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari; mustaqil ommaviy axborot vositalari; diniy tashkilotlar; milliy-madaniy markazlar va boshqalar 3. Siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar: siyosiy partiyalar; ijtimoiy-siyosiy harakatlar; inson huquqlarini himoya qiluvchi institutlar va boshqalar. O'z navbatida, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat hayotidagi o'rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo'ladi: - aholini turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadi; - fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro'y berayotgan demokratik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 43.83 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 43.83 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga