Fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari

Fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari. 2. Fuqarolik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari. Fuqarolik jamiyati - davlatdan mustaqil va undan holi munosabatlar va vositalar tizimi bо'lib, u shaxs hamda jamoatlarning ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va ehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Fuqarolik jamiyati aksariyat hollarda insonlarning xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi tarzida ta'riflanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining asosiy kо'pchilik qismi mana shu xususiy hayot sohasida rо'yobga chiqariladi. Biroq bu shaxslarning ijtimoiy hayotdan ajralib qolganligini, begonalashtirilishini anglatmaydi. Fuqarolik jamiyati-shaxslarning oddiy yig'indisi emas, balki ular о'rtasidagi rang-barang aloqalar, hamkorlik, hamjihatlikning ifodasidir. Mazkur mushtaraklik va xamjihatlik tashkiliy-institusiyaviy kо'rinishga ega bо'lib, u turli ijtimoiy kuchlar, nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi. О'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishishini xususiy mulkning qat'iy mavqega ega bо'lishi bilan bog'laydi. Shu asosda hozirgi paytda jamiyatda keng qо'lamda xususiylashtirish (aksiyalashtirish) jarayonlari amalga oshirilmoqda. Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta'minlanishi hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste'dodining bevosita rо'yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan о'lchanadi. Fuqarolik jamiyati va uning asosiy xususiyatlari. Erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish О'zbekiston xalqining ulug'vor maqsadlaridan biridir. Konstitusiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa qat'iy ayonki, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat-demokratiya va adolat tamoyillariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bо'ladi. О'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni о'zini о'zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».1 Prezidentning yana quyidagilarga e'tiborni qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy-makon. Bu makonda qonun ustuvor bо'lib, u insonning о'z-о'zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari tо'la darajada rо'yobga chiqishiga kо'maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yо'l qо'yilmaydi. YA'ni va qonunga bо'ysunish bir vaqtning о'zida amal qiladi».2 Xо'sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, bu qanday jamiyat? Eng umumiy tarzda lо'nda ta'rif beriladigan bо'lsa, fuqarolik jamiyati-ijtimoiy hayotning davlat ta'siri va aralashuvidan, ma'muriy tazyiqlardan holi bо'lgan hamda insonlarning xususiy turmush sohasini tashkil etuvchi munosabatlar majmuidir. Hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqarolik jamiyatini ta'rif va tavsif etishga faol harakat qilinmoqda. Bu ta'riflardan ba'zilarini talqin etaylik. Fuqarolik jamiyati-davlatdan mustaqil va undan holi munosabatlar va vositalar tizimi bо'lib, u shaxs hamda jamoatlarning ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va ehtiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Fuqarolik jamiyati aksariyat hollarda insonlarning xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi tarzida ta'riflanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining asosiy kо'pchilik qismi mana shu xususiy hayot sohasida rо'yobga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.1 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.1 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga