Reja: Fuqarolik jarayonida taraflar tushunchasi Protsessual ishtirokchilik va uning turlari Ishga tegishsiz tarafni almashtirish Protsessual huquqni qabul qilish (huquqiy vorislik) Fuqarolik protsessining demokratik prinsipiga asoslanish Fuqarolik protsessual huquqi prinsiplari tushunchasi va tizimi Fuqarolik jarayonida taraflar tushunchasi Aksariyat fuqarolik ishlarining sud majlisida ko'rilishida, xususan, fuqarolar bilan fuqarolar, tashkilotlar bilan fuqarolar o'rtasidagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning sudda ko'rilishida albatta ikki taraf: da'vogar va javobgar ishtirok etadi. Ammo ba'zi hollarda, chunonchi: alohida tartibda ko'riladigan ishlarda, faqat bir tarafgina, biron-bir muddaoni aytib sudga ariza bilan murojaat qiluvchi tarafgina ishtirok etishi mumkin. Nizoli ishlarda nizo predmetiga nisbatan qarama-qarshi bo'lgan ikki taraf bo'ladi. Taraflardan biri da'vogar, ya'ni huquqning va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarning himoya qilinishini iltimos qilib da'vo qo'zg'atgan yoxud manfaatini ko'zlab ish qo'zg'atgan shaxs va ikkinchi tomonida javobgar, ya'ni da'vo yuzasidan da'vogarni huquq va qonuniy manfaatini buzganligi uchun sud tomonidan javob berish uchun jalb etilgan shaxs bo'ladi. Shu tarzda nizoli huquqning yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatning subyekti da'vogar deb faraz qilinsa, nizoli burchning subyekti esa javobgar sifatida faraz qilinadi. Shu ma'noda yangi FPKda da'vogar va javobgar fuqarolik protsessining taraflari ekanligi, da'vogar o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko'zlab ish qo'zg'atilgan shaxsligi, javobgar esa sud tomonidan da'vogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari yuzasidan javob berish uchun jalb qilingan shaxs deb ta'rif berilgan (FPKning 39-moddasi). Fuqarolik jarayonida taraflar, ya'ni da'vogar va javobgar sifatida fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari bo'lishi mumkin. Fuqarolik jarayonida da'vo faqat da'vogar tomonidangina qo'zg'atilmasdan, balki buzilgan huquqlarning barcha hollarda himoya qilinishini ta'minlash maqsadida qonun sudda da'vo qo'zg'atish huquqini boshqa shaxslarga ham beradi. Chunonchi: FPKning 46-48-moddalarida ko'rsatilishicha, prokuror, davlat boshqaruvi idoralari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari yoxud ayrim fuqarolar, agarda qonunga ko'ra ular boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin bo'lsa (FPKning 5-moddasi), qo'zg'atilgan jarayon to'g'risida sud tomonidan xabardor qilinadi va o'zining huquqini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun ariza bergan shaxs bilan bir qatorda jarayonda da'vogar tarafida turib ishtirok etishlari mumkin. Ammo sud ishining kim tomonidan qo'zg'atilishidan qat'iy nazar, nizoli huquq subyekti (manfaatdor shaxs) jarayonda, barcha hollarda da'vogar bo'lib ko'riladi. Masalan, aytaylik, nogiron va ko'zi ojiz fuqaroni mulkiga birovlar tomonidan g'ayriqonuniy ravishda yetkazilgan zararning undirilishi to'g'risida da'vo ishini prokuror qo'zg'atsa ham, ammo da'vogar nogiron shaxs hisoblanadi, javobgar taraf esa, nogiron, ko'zi ojiz shaxsning mulkiy huquqini buzgan shaxs (yoki shaxslar) bo'ladi. Fuqarolik ishlarining sudda ko'rilishi va hal qilinishida taraflarning (da'vogar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.35 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.35 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: doc