Fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning ishtirok etishi

Fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning ishtirok etishi

O'quvchilarga / Huquq
Fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning ishtirok etishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruv idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishlari Ishni sudda ko'rishda ishtirok etishning protsessual shakli Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarninng protsessual huquqlari va majburiyatlari Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruv idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishlari Yuqorida davlat idoralari, tashkilotlar, birlashmalar fuqarolik protsessida o'zlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilib, taraflar sifatida yoki uchinchi shaxslar sifatida qatnasha olishlari, bunday hollarda ularning protsessual holati nizoli-huquqiy munosabatning subyekti bo'lgan har qanday tashkilotining da'vogar, javobgarning yoki uchinchi shaxsning protsessual holatidan farq qilmasligi, ya'ni ular ham ariza bilan murojaat etishlari da'voga qarshi e'tirozlar bildirishlari va boshqa protsessual harakatlar qilishlari mumkinligi aytib o'tildi. Fuqarolik protsessida davlat boshqaruv idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning ishtirok etishining boshqa asoslari ham mavjud. Davlat boshqaruv idoralar, muassasalar, korxonalar hamda jamoat tashkilotlari yoki ayrim fuqarolar qonunda ko'rsatilgan hollarda boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun da'vo qo'zg'ata oladilar.1 Davlat boshqaruv idoralari, qonunda ko'rsatilgan hollarda, o'zlariga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida xulosa berish uchun hamda fuqarolarning huquqlarini va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudning taklifiga muvofiq protsessda ishtirok etishga jalb etishlari yoki o'z tashabbuslari bilan protsessda qatnashishlari mumkin. Demak qonun boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik protsessida, prokurordan tashqari yana boshqa idoralar va shaxslarning ham ishtirok etishini belgilaydi. Agar prokuror har qanday ish bo'yicha boshqa shaxslarning huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun fuqarolik protsessining ishtirokchisi bo'la olsalar, yuqorida ko'rsatilgan idoralar, tashkilotlar va ayrim fuqarolar faqat qonunda ko'rsatilgan hollardagina fuqarolik protsessida ishtirok eta oladilar. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksida, Fuqarolik kodeksida, Fuqarolik protsessual kodeksi va boshqa kodekslar hamda qonunlarda boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadlarida boshqaruv idoralari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etish hollari va asoslari nazarda tutilgan. Fuqarolik protsessida ko'pincha hokimiyatlarning maorif va sog'liqni saqlash bo'limlari qoshidagi vasiylik va xomiylik idoralari qatnashadilar. Bu idoralar farzandlikka olishni bekor qilish, ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, bolani tarbiyalash uchun ota-onadan ikkinchisiga olib berish, bolalarning tarbiyasi uchun alimentlar undirish, bolalarning turar joyga bo'lgan huquqlari, voyaga yetmaganlarning yetkazilgan zararning undirilishi haqidagi fuqarolik ishlarida qatnashadilar. Bunday hollarda vasiylik va xomiylik vazifalarini amalga oshirish uchun o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga nisbatan xalq ta'limi bo'limilari muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb topilganlarga nisbatan esa, sog'liqni saqlash bo'limlari, sog'lig'ining yomonligi tufayli xomiy tayinlanishiga muhtoj muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan esa, ijtimoiy ta'minot bo'limlari jalb qilinadi. Bolalarning tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan nizolarning sudda ko'rilishida xomiylik va vasiylik idoralari vakillarining ishtirok etish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga