Reja: 1.Fuqarolik sud yuritishning maqsadi va vazifalari 2. Fuqarolik protsessi tushunchasi va subyektiv huquqlarni himoya qilish shakl (forma)lari 3. O'zbekiston Respublikasi protsessual huquqi fanining tushunchasi va predmeti 4. Fuqarolik protsessual huquqining manbalari va tizimi 5. Fuqarolik protsessual huquqi fanining predmeti va tizimi Fuqarolik sud yuritishning maqsadi va vazifalari O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, demokratik huquqiy davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil qadam tashlab borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamoqda. Mamlakatimizda turli sohalarda islohatlar o'tkazilmoqda. O'tkazilayotgan islohatlarning qonuniy zamini Konstitutsiyada yoritilgan bo'lib, unda inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi, qonunlarning ustunligi, huquq va odil sudlovni to'g'ri amalga oshirishga qaratilgan qoidalar o'z ifodasini topgan. Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanishi Konstitutsiyaning 44-moddasida alohida huquqiy me'yor belgilangan bo'lib, bunda sud hokimiyatini boshqa davlat idorasi sud kabi nizoli fuqarolik masalalarini to'g'ri, odilona hal eta olmasligi sud hokimiyatining muhim jihatlaridan ekanligi ko'rsatilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov inson va davlat o'rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustuvor bo'lishi kerakligi, davlat va davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari o'z faoliyatini inson huquqlari himoya qilish va qo'riqlash ishiga safarbar qilgandagina o'z vazifasini to'g'ri ado etajakligi, fuqarolarning manfaatlari va huquqlarini sud orqali himoya qilish sohasini mumkin qadar kengaytirish darkorligi, ayrim tarmoq qonunlarida huquqlari paymol etilgan fuqarolarning shikoyatlarini sudlov yo'li bilan emas, balki ma'muriy yo'l bilan ko'rib chiqish tartibi uchrab turishligi, bu hol inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga va bizning Konstitutsiyamiz talablariga zidligini qayd qilib Fuqaro agar uning qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari paymol etilgan taqdirda, har qanday masala bo'yicha himoya uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'lmog'i darkor,1 deb ko'rsatishi sud hokimiyatiga nisbatan bo'lgan munosabatni o'zgartirish lozimligidan dalolatdir. Manfaatdor shaxslarning qonuniy huquqlarini himoya qilishning sud tartibida amalga oshirish tadbirlari amaliyotda ijobiy natijalar berayotganligini hayot taqozo etmoqda. Bunga asos sifatida fuqarolik protsessual huquqiy me'yorlarni sud amaliyotiga ta'sir ko'rsatishi va sudning o'ziga berilgan vakolat doirasida chin haqiqatni aniqlashga va shu bilan odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan barcha huquqlardan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lishi sud hokimiyati boshqa davlat organlaridan ajratib turadi. Demak, Konstitutsiya va boshqa qonunlarda ko'rsatilganidek, sud organlarining demokratik jihatlarining eng muhimlaridan biri davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishda fuqarolar huquqi va erkinliklari himoyasining ustun qo'yilishidir. Manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan sud odil sudlovni amalga oshiradi. Odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi «Sudlar to'g'risida»gi qonunda o'z ifodasini topgan. O'zbekistonda sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ravishda ish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.56 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.56 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: doc