Reja: 1.Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar tushunchasi 2.Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning subyektlari, ularning huquq va muomala layoqatlari 3. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi asoslari va mazmuni Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar tushunchasi Huquqiy me'yor (norma)lar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deb ataladi. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar fuqarolik muomala ishlarining, ya'ni fuqarolar bilan fuqarolar, tashkilotlar bilan fuqarolar o'rtasida bo'ladigan shaxsiy, mulkiy, oila huquqi, mehnatga oid uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan, ayrim tashkilotlar bilan fuqarolar o'rtasidagi ba'zi xo'jalik munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarning sudda ko'rilishi va hal qilinishida, sud, xo'jalik sudi va boshqa ba'zi organlar qarorlarining ijro qilinishida ishtirok etuvchilar o'rtasida bo'ladigan ijtimoiy munosabatlardan iboratdir. Bunday huquqiy munosabatlar sud bilan fuqarolik ishi yuzasidan bo'lgan da'vogar o'rtasida, sud bilan javobgar o'rtasida, sud bilan prokuror va boshqa organlar o'rtasida, sud bilan taraflarning vakillari o'rtasida bo'lib, fuqarolik protsessual huquqiy normalari bilan tartibga solinganligi tufayli fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar bo'lib hisoblanadi. Sud bilan fuqarolik protsessining boshqa ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar ham fuqarolik protsessual huquq normalari bilan tartibga solinganligi sababli fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar bo'lib ko'riladi. Fuqarolik protsessida, ya'ni fuqarolik sud ishlarining yuritilishida va bunday ishlar bo'yicha chiqarilgan qarorlarning ijro etilishida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar fuqarolik, oila, mehnat, ma'muriy huquq masalalariga oid va boshqa huquqiy munosabatlardan farqlanishi kerak. Masalan, fuqarolik huquqiga oid munosabatlarni olsak, uning obyektlari har turli mulkiy (moddiy) huquqlar, ashyolar, mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish (idora etish, boshqarish)ga oid huquqlar, shaxsiy va mulkiy huquqlarni amalga oshirishga qaratilgan xilma-xil yuridik harakatlar, ijodiy mehnat natijalari, chunonchi: mualliflik huquqi to'g'risidagi munosabatlar va boshqa mulkiy va shaxsiy xarakterdagi huquqiy munosabatlar bo'ladi. Moddiy huquqiy munosabatlarga oid tushunchalar fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, ma'muriy va boshqa huquq fanlarida batafsil yoritilgan. Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, sud har bir fuqarolik protsessual munosabatda albatta ishtirok etuvchi subyekt bo'lib ko'riladi. Chunki bunday munosabatlar yuqorida aytganimizdek, sud bilan protsessda ishtirok etuvchilarning biri o'rtasida, masalan, sud bilan da'vogar o'rtasida, sud bilan javobgar o'rtasida va protsessning boshqa ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladi. Ammo bunday munosabatlar sud bilan protsessning barcha ishtirokchilari o'rtasida bir vaqtning o'zida vujudga kelmaydi. Binobarin, fuqarolik protsessual munosbatlarda barcha hollarda faqat ikkita subyekt bo'lib, ulardan biri albatta sud bo'ladi. Fuqarolik ishida ishtirok etuvchi taraflar, uchinchi shaxslar va protsessning boshqa ishtirokchilari to'g'ridan-to'g'ri o'zaro fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarda bo'lmaydilar, chunki fuqarolik protsessual huquq me'yorlari mazmunida fuqarolik protsessi ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlarning suddan tashqari vujudga kelishi nazarda tutilmagan.1 Sud hokimiyati davlatning muhim vazifasini odil sudlovni amalga oshiradi. Binobarin, sud faqat fuqarolik ishlarini yuritish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.85 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.85 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: doc