Reja: 1.Protsessual muddatlar tushunchasi va turlari 2.Protsessual muddatlarning to'xtatilishi, uzaytirilishi va tiklanishi Protsessual muddatlar tushunchasi va turlari Fuqarolik ishlarining ko'rilishi muddatlar fuqarolik ishlari sudlarda belgilangan muddatlarda ko'riladi va hal qilinadi. qonun (FPKning 4-moddasi)da fuqarolik ishlarini to'g'ri va o'z vaqtida ko'rish lozimligi ko'rsatilgan. Huquqni himoya qilish yuzasidan sud faoliyatining sustlik bilan amalga oshirilishi fuqarolik ishida ishtirok etuvchi taraflarning qonuniy huquqlarini buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli Respublika Oliy sudi o'zining bir qator Plenum qarorlarida ayrim fuqarolik ishlarini, xususan alimentlar undirish, etkazilgan zarar haqini undirish to'g'risidagi ishlarning sudlarda ko'rilishida sarsongarchilikka yo'l qo'ymaslik, protsessning chuzilishiga va noto'g'ri olib borilishiga qaratilgan har qanday harakatlarning oldini olish zarurligi takidlangan.1 Respublika Oliy sudi «Fuqarolik ishlarini birinchi instansiya sudida ko'rilishda protsessual qonunlarni qo'llanishi to'g'risida»gi Plenum qarorida sudlar protsessual muddatlarga rioya qilish lozimligini takidlab, sud qarorlarini ijrosini va fuqarolik ishlarini qonun bilan belgilangan muddatda ko'rishga qattiq rioya qilishlari zarur»-deb ko'rsatma berdi.2 Fuqarolik ishlarining o'z vaqtida ko'rilishi muhim protsessual harakatlarni bajarish uchun muayyan muddatlar belgilash bilan ta'minlanadi. FPKning 126-moddasida ko'rsatlishicha, protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda bajariladi. Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda ularni sud tayinlaydi. Binobarin, protsessual muddatlar deb, fuqarolik ishlari sudda ko'rish va hal qilish uchun qonun bilan belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarga aytiladi. Ish ko'rish bilan bog'liq bo'lgan protsessual muddatlarning turlari to'g'risida shuni aytish kerakki, qonun fuqarolik ishlarini ko'rishning umumiy muddati bir oy belgilanadi. Maxsus muddatlar ko'riladigan ishlarning turlariga qarab har xil belgilanadi. Chunonchi, FPKning 131-moddasida belgilanishicha, fuqarolik ishlar bo'yicha arizalar tushgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda: 1) mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha 10 kundan kechiktirmasdan; 2) mayib bo'lish yoki sog'liqka boshqacha shikast etishi, shunindek boquvchining o'limi natijasida kelgan zararlarni qoplash to'g'risidagi ishlar va aliment undirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha, taraflar shu joyda turgan hollarda, 10 kundan kechiktirmasdan boshqa hollarda esa 20 kundan kechiktirmasdan ko'rilishi lozim (FPKning 131-moddasi). Notariuslarning harakatlari ustidan shikoyatlar 20 kunlik muddatdan kechiktirmasdan ko'rilishi lozim (FPKning 273-moddasi). qonunda (masalan FPKning 273-moddasi, FPKning 23, 65, 223 va boshqa moddalarida) ayrim protsessual harakatlarni bajarish, chunonchi: sud topshiriqlarini, sud hal qiluv qaror va ajrimlarining nusxalarini taraflarga va uchinchi shaxslarga yuborish, sud majlisi bayonnomasiga izohlar (yozma fikr) berish va bu izohlarni ko'rish hamda boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar belgilangan. Davlat orgalari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning harakatlari (qarorlari ustidan sudga shikoyat berish) uchun ham muayyan muddat belgilangan. Bu muddat davomida manfaatdor shaxslar o'z shikoyatini berishlari mumkin (FPKning 269-273-moddalari). Mehnatga oid nizolarning ko'rilishi to'g'risidagi sudga, yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun masalan: xodimni ishga tiklash ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.3 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.3 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: doc