Fuqarolik qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari Subtitle here 8-sinf O'zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 27-mavzu O'zbekiston Respublikasidagi barcha shaxslar (jismoniy va yuridik) mulkka oid va oid bo'lmagan munosabatlarini hamda tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy normalarini o'zida jamlagan soha bu - fuqarolik huquqi sohasidir. Fuqarolik qonunchiligiga binoan, fuqaro egalik qilishi mumkin bo'lgan huquq va majburiyatlar majmui fuqaroning huquqiy layoqatini tashkil qiladi. Fuqaroning muomala layoqati esa fuqaroning o'z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo'lish va ularni amalga oshirish, o'zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati bo'lib, bu layoqat fuqaro voyaga yetgach, ya'ni o'n sakkiz yoshga to'lgach to'la hajmda vujudga keladi. Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi: 1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa-da, lekin unga zid bo'lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan; 2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hujjatlaridan; 3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan; 4) qonun yo'l qo'yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida; 5) fan, adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellectual faoliyat natijasida; 6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida; 7) asossiz boyib ketish natijasida; 8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida; 9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog'laydigan hodisalar natijasida. Voyaga yetmaganlarning muomala layoqatini belgilashda yosh insonning tanasi, bo'yi, muskullari va aqliy qobilyatlarining rivojlanish darajasi e'tiborga olingan. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan insonning to'la hajmdagi muomala layoqati 18 yoshga kirganda vujudga keladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar: 4) Har xil maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega. 1) O'z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 2) Har xil mualliflik huquqlarini amalga oshirish; 3) Qonunga muvofi q banklarga omonat qo'yish va ularni tasarruf etish; 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan kichik yoshdagi bolalar: 1) mayda maishiy bitimlarni; 2) tekin manfaat ko'rishga qaratilgan bitimlarni; 3) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o'zi xohlagan tartibda erkin foydalanish uchun berilgan mablag'larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni tuzishga haqlidir. 16 yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxs qonunda ko'rsatilgan shartlar asosida ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, u sud qarori bilan to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi mumkin. Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o'tgan fuqaro nikohdan o'tgan vaqtdan e'tiboran to'la hajmda muomala layoqatiga ega bo'ladi. Nikoh tuzish natijasida ega bo'lingan muomala layoqati o'n sakkiz yoshga to'lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to'la saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan yer (xotin) sud ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.9 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.9 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: pptx