Fuqarolik, jinoiy va ma'muriy sud ishlari sohasidagi sud hokimiyati organlari Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi sud tizimi. 2. Sudlarni tashkil qilish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari. 3. O'zbekiston Respublikasining Oliy sudi, viloyat, tuman, shahar sudlari. 1.O'zbekiston Respublikasi sud tizimi. Konstitutsiyaning 107-moddasiga ko'ra, «O'zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha oliy sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasining xo'jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo'jalik sudlaridan iborat». Biroq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 200 yil 14 avgustdagi «Sud tizimini takomillashirish» to'g'risidagi farmoniga binoan, 2001 yilning 1 avgustidan boshlab mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari negizida Qoraqalpog'iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo'yicha oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jinoyat ishlari bo'yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) Jinoyat ishlari bo'yicha sudlari tashkil qiladi. Yuqorida sanab o'tilgan sudlar birgalikda sud tizimini tashkil qiladi. Ular Konstitutsiyada belgilab qo'yilganidek, demokratik prinsiplarga asoslangan hamda O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy bo'linishini hisobga olgan holda Oliy sud rahbarligida faoliyat ko'rsatadilar. Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish asoslari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasida belgilab qo'yilganidek, alohida qonun bilan tartibga solinadi. Ushbu qoida «Sudlar to'g'risida»gi qonunining 1-moddasida takrorlangan bo'lib, sud tizimiga boshqa biror jamoat yoki davlat organlari kirmaydi. tashkiliy aloqalar sudlarning tuzilishi to'g'risidagi qonunlar bilan, funksional aloqalar esa fuqarolik, protsessual, jinoiy va ma'muriy protsessual qonunlar bilan boshqarib boriladi. Barcha sudlar sud tizimining turli organlari tarzida o'zaro bog'langan. bir bo'g'inda bir xil vakolatga ega sudlar joylashgan (masalan, Toshkent shahridagi tumanlar sudlari va Samarqand, Andijon shaharlaridagi shahar sudlari). Sud tizimi uchun uning bo'g'inlari orasidagi aloqalar bilan birgalikda funksional aloqalar ham katta ahamiyatga ega. Bu aloqalar shundan kelib chiqqanki, sud sud faoliyati bilan birga bir necha faoliyatni, ya'ni birinchi, ikkinchi instansiyadagi yoki nazorat instansiyasi funksiyalarini amalga oshiradi. «Bo'g'in» va «instansiya» tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'langan. Lekin ularni almashtirib yubormaslik kerak. «Bo'g'in» - sud tuzilishiga oid tushunchadir. U sudning sud tizimidagi o'rnini (uning ma'lum hududdagi faoliyatidan kelib chiqib) belgilaydi. «Instansiya» - sud ishlarini yuritishda oid tushuncha. U sudda ishlarni ko'rib chiqishning maqsadidan kelib chiqadigan sud faoliyatining turiga bog'liq. O'zbekiston Respublikasining sud tizimi ancha murakkab bo'lib, uch bo'g'indan iborat. Sud tizimining birinchi bo'g'ini tuman va shahar sudlaridir. Ular barcha fuqarolik va ma'muriy ishlarni, jinoiiy ishlarni ko'pini ko'rib chiqadi. Ikkinchi bo'g'ini Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.97 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.97 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: doc