Fuqaroning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zarar o'rnini qoplash Umumiy qoidalar. Insonning hayoti va sog'lig'i bebaho nemat hisoblanadi. Hayot va sog'liq biror-bir moddiy miqdorda o'lchanishi yoki u Bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Shu sababli huquqning asosiy vazifalaridan biri ham inson huquqlari, shu jumladan insonning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish hisoblanadi. Qo'riqlash funksiyasini bajaradigan huquq sohalari: jinoyat huquqi, ma'muriy huquq, soliq huquqi Bilan birgalikda fuqarolik huquqi ham insonning hayoti va sog'lig'ini himoya qilishga qaratilgan normalarni belgilaydi. Bu normalar qo'riqlash funksiyalarini bajarishga qaratilgan huquq sohalaridan farqli ravishda, inson sog'lig'ini tiklashga, moddiy yuqotishlarni qoplashga yo'naltiriladi. Agar jinoyat huquqida fuqaroning hayoti va sog'lig'iga zarar etkazilganda zarar etkazuvchining shaxsi bilan bog'liq sanksiya qo'llanilsa, fuqarolik huquqida zarar etkazuvchining moddiy ahvoliga ta'sir ko'rsatish orqali jabrlanuvchi shaxsning moddiy yuqotishlari qoplanadi. FK fuqaroning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zararni qoplashga nisbatan alohida qoidalarni belgilaydi. Bu qoidalar alohida delikt sifatida huquqnit buzilishidan oldingi holatni tiklash vazifasini bajaradi. Bunda fuqaroning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan har qanday zarar, jumladan sog'lig'iga shikast yetkazish (qo'lning sinishi, tana a'zolarining shikeastlanishi va shu kabilar) zarar etkazuvchi tomonidan qoplanishi lozim hisoblanadi. Masalan, ikki fuqaroning o'zaro janjallashib qoilishi natijasida, birining ikkinchisini turtib yuborishi natijasida uning qo'li singanda, zarar etkazuvchi shaxs jabrlangan fuqaroning davolanishi uchun ketgan xarajatlarni to'liq qoplashi lozim. Mazkur zararni qoplash dilekt majburiyatlarining umumiy qoidalari va bosh delikt tamoyiliga asosan qoplanadi. Biroq fuqaroning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zararning o'rnini qoplash FKning 1005-1017 moddalari bilan tartibga solinadi. FKning 1005-moddasiga muvofiq shartnoma majburiyatlarini bajarishda, shuningdek harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va boshqa shunga o'xshash majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zarar, agar qonunda yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu bob qoidadalariga muvofiq qoplanadi. Fuqaroning sog'lig'iga zarar yoki shikast yetkazish, shuningdek hayotdan mahrum etish aybdor shaxsga zarar etkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni vujudga keltirib, majburiyatlarning umumiy qoidalaridan o'laroq o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu majburiyatlar FKning alohida normalari, yani 57-bob bilan tartibga solinadi. Ayniqsa, ishchi va xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog'lig'iga zarar etkazilishida zararni undirish hozirgi kunga qadar juda bahsli bo'lib kelgan. Chunki bunday munosabatlar nafaqat fuqarolik, balki mehnat va ma'muriy qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Mazkur munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2005 yil 11 fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan zararni to'lash Qoidalari haqida qarori qabul qilindi. Unga binoan xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.12 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.12 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: doc