Fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat bo'yicha ishlarini tashkil etish Reja: Fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat bo'yicha ishlarini tashkil etish Prokuratura to'g'risidagi qonunda prokuraturaning barcha huquqiy muhofaza potentsiali bosh vazifani yechishga qaratilgan: Fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat bo'yicha ishlarini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil avgust oyida bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida Prezidentimiz I.A. Karimov o'z ma'ruzasida «Demokratik jamiyatda alohida fuqarolar emas, balki ularning qonuniy huquq va manfaatlari qanday himoya qilinayotgani prokurorlik nazoratining obyekti hisoblanadi, deb, takidlagan edi. O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari nazorat faoliyatining muhim vazifasi - Respublika hududida qonun ustivorligini ta'minlash, inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, barcha millat va elatlarning teng huquqliligini, jamiyatda ijtimoiy adolat va qonuniylikni mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Prokuratura organlarining huquqiy muhofaza funksiyasi -maxsus huquqiy institut bilan realizatsiya qilinadigan davlatdagi huquqiy muhofaza mexanizmining zvenolaridan biridir. Ko'p yillik statistik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda so'zsiz prokuratura organlarining roli faol(aktiv)ligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda fuqarolarning o'z huquqlarini muhofaza qilish uchun prokuratura organlariga murojaatlarining soni sudga murojaat qilishdan 10 barobar ko'pdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxslarning shunday huquqiy maqomi prinsiplari mustahkamlab qo'yilgan, yani teng huquqlilik, huquq, erkinlik, majburiyatlarning kafolatlanganligi, huquq va majburiyatlarni suiistemol qilish taqiqlanganligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni qonunsiz chegaralashning taqiqlanishni qayd qilish mumkin. «Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarning obro'-etibori- hamma-hammasi odamlarimizda qonun buzilishi bilan bog'liq har qanday xatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllashtirishga qaratilmog'i lozim». O'zbekiston Respublikasining «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuning 2- bobi Fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat deb nomlanib, 24-moddada nazorat predmeti qayd qilingan. Unga ko'ra, Vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi. Prokurorning vakolatlari. Prokuror o'z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib: Fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to'g'risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma'lumotlarni ko'rib chiqadi va tekshiradi; Arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi; Fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish; qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda etkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko'radi; Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud bo'lgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qo'zg'atadi hamda uni sodir etgan shaxslar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.4 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.4 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: doc