G'arazli zo'ravonlik qotillik va terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi

G'arazli zo'ravonlik qotillik va terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi

O'quvchilarga / Huquq
G'arazli zo'ravonlik qotillik va terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi - rasmi

Material tavsifi

G'arazli zo'ravonlik qotillik va terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi Reja: Zo'ravon jinoyatchi shaxs Zo'ravon jinoyatchilarning ashaddiy toifalari uchun tajovuzkorlik Guruh bo'lib zo'ravonlik jinoyatlarini sodir etish G'arazli, zo'ravonlik, qotillik va terrorchilik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar G'arazli jinoyatlarni sodir etishga moyil jinoyatchi shaxslar toifalari har xil bo'lib, ular safiga o'g'rilik, xo'jalik sohasida g'arazli jinoyatlarni sodir etuvchi jinoyatchilar va xizmat vazifalarini g'arazli niyatda suiistemol qiluvchi jinoyatchilar hamda talon-torojlik jinoyatlarini sodir etuvchi jinoyatchilarni kiritish mumkin. O'g'rilik jinoyati (JKning 169-moddasi)ni sodir etuvchi shaxslar bir qator umumiy tomonlarga ega bo'lib, ular jinoyatchilarning ijtimoiy jihatdan eng tuban toifasiga kiradilar. Ularning jinoiy xatti-harakatlari boshqa toifadagi jinoyatchilarnikiga qaraganda ancha oldin yuzaga keladi. O'g'rilar katta jinoiy tajribaga, g'ayriijtimoiy xulqqa oid shakllangan qarashlar va ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Ularning bu xulqi barqaror jinoiy yo'nalishga egaligi bilan ajralib turadi. O'g'rilar odatda bezori va mayxo'r bo'lib, ehtiyoj va manfaatlari nihoyatda cheklangan va sodda, ijtimoiy qadriyatlardan begona bo'lgan shaxslardir. O'g'ri - qonundan vaqtincha chekingan inson emas, balki insofsiz, odatda oilada va mikromuhitda axloqiy me'yorlarni rad etish, muhtojlik, ijtimoiy rad etilish va ijtimoiy nazoratning past darajasi sharoitida shakllangan barqaror salbiy xislatlar tizimiga ega bo'lgan irodasi bo'sh shaxs. Xo'jalik va xizmat sohalarida g'arazli niyatda jinoyat sodir etuvchi jinoyatchi shaxslar toifalarini esa alohida guruhga kiritish lozim. Ularga qo'shib yozish, aldash, nohaq ravishda olingan mukofotlar va shu kabilar orqali amalga oshiriladigan tor guruhiy manfaatlar xosdir. Bunda ruhiy himoyaning muayyan toifasi - g'ayriqonuniy firiblarini «ish manfaati», «xizmat burchi» bilan niqoblash hosil bo'ladi. Talon-torojlik jinoyatlari esa ko'p hollarda mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilib, poraxo'rlik, xaridorlarni aldash, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish, qalbaki hujjatlar yasash, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda namoyon bo'ladi. Davomli talon-torojliklar talon-toroj qiluvchilarda nazorat-taftish xizmatlarini aldashning «professional» usullari borligidan dalolat beradi. Talon-torojlik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasining malum bir qismining ma'lumot darajasi yuqori. ma'lumot darajasi jinoiy xatti-harakatning xususiyatida, talon-torojlik sodir qilish usullarida malum darajada namoyon bo'ladi. Talon-torojlikning nisbatan yuqori ma'lumotga ega bo'lgan bunday toifadagi shaxslar tomonidan sodir qilinishining murakkabligi, amalga oshirilayotgan har bir harakatni birma-bir oldindan hisob-kitob qilinishi va oldindan ko'ra bilish qobiliyati, kerakli aloqalarni o'rnatish, ishtirokchilarni tanlash, ularni har biriga ajratib berilgan rolni aniq bajarilishini tashkil qilish va ta'minlash bilan bog'liqdir. Sanab o'tilgan holatlar bajarilayotgan ishning barcha nozik tomonlarini chuqur bilishga keraklicha imkon beradigan yuqori darajadagi professional bilimning mavjudligi haqida guvohlik beradi. Aksariyat mansab talon-torojliklari norasmiy guruhlar dinamikasi qonunlari bo'yicha shakllanadigan jinoiy guruh tarkibida sodir etiladi. Bunda ko'plab guruhlararo aloqalar shakllanadi, ichki ruhiy ko'nikmalar hosil bo'ladi, mehnat vazifalari («foydali» va «foydasiz» ish) va boshqa odamlarni («kerakli» yoki «keraksiz» odam) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.99 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.99 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga