G'arb siyosiy - huquqiy ta'limotlarida inson huquqi masalalari

G'arb siyosiy - huquqiy ta'limotlarida inson huquqi masalalari

O'quvchilarga / Huquq
G'arb siyosiy - huquqiy ta'limotlarida inson huquqi masalalari - rasmi

Material tavsifi

G'arb siyosiy-huquqiy ta'limotlarida inson huquqi masalalari Reja: Epikur siyosiy huquqiy qarashlari G'arbda uyg'onish davri siyosiy-huquqiy qarashlarga ta'siri Fransua Mari Arue Volter siyosiy-huquqiy qarashlari Jan Jak Russo siyosiy-huquqiy qarashlari Inson huquqlarini tushunib yetish uchun nihoyatda muhim bo'lgan odamlarning tabiiy tenglik g'oyalari qadim yunon mutafakkirlari (Protagor, Antifont, Likofron) va qadim Xitoy donishmandlari (Mao-szi, Konfutsiy) siyosiy hamda huquqiy ta'limotlarida eramizdan avvalgi VI-IV asrlardayoq ilgari surilgan. Qadim yunon donishmandlaridan biri Epikur siyosiy-huquqiy g'oyalarida inson huquqi masalalari o'z ifodasini topgan. Epikur (eramizdan avvalgi 341-270 yillar) o'zining siyosiy-huquqiy qarashlari bilan Demokrit ta'limotining davomchisi bo'lib qoldi. Epikurning fikriga ko'ra, tabiat, xudolarning inon-ixtiyorlarisiz, o'z qonuniyatlari bo'yicha mustaqil rivojlanib boradi. Inson erki, Epikur nuqtai nazaricha, uning o'z turmush tarzini ongli tanlab olish mas'uliyatidir. Uzlatga chekinish, faol ijtimoiy-siyosiy hayotda qatnashmaslikni targ'ib qilish Epikur ta'limotiga xos xususiyatdir. Uning nazarida, davlat hokimiyati va siyosiy muloqotning asosiy maqsadi - kishilarning o'zaro xavfsizligini ta'minlashdan, bir-birlaridan xavfsirashdan xalos etishdan iboratdir. Epikur ta'limotiga ko'ra, qonunlar boshqaruvchi donishmandlarni (ya'ni komil insonlarni) olomondan ajratish va muhofaza qilishning, alohida shaxs erkining ommaviy kafolatidir. Qonunlar, - deb yozadi Epikur, - donishmandlar yomonlik qilmasligi uchun emas, balki ularga boshqalar yomonlik qilmasligi uchun yaratilgandir. Qadimgi Rim huquqshunoslari qonun oldida hammaning tengligi g'oyalarini ilgari surishgan. Sitseron Hamma qonun ta'siri ostida bo'lishi kerak, deb ta'kidlagan edi. Qonun tomonidan inson huquqlari fakat quldorlar uchun imtiyoz sifatida qarab chiqilib, qullar huquqi inkor etilar edi. O'rta asrlarda ham inson huquqi ayrim tabaqalarning imtiyozi hisoblanib, huquqiy tenglik muayyan tabaqaga mansublik bilangina belgilanardi. Inglizlarning 1215 yilgi Erkinliklarning ulug' xartiyasida Xech bir erkin inson hibs kilinmaydi, qamoqqa mahkum etilmaydi, mol-mulki tortib olinmaydi, biror-bir vosita bilan nochor ahvolga solinmaydi. Fakat qonuniy hukm va davlat qonuni bo'yicha choralar ko'riladi deb yozilgan bo'lsa-da, lekin amalda unday emas edi. O'rta asrlar so'nggida G'arbiy Yevropadavlatlarida sodir bo'lgan muhim voqealar - Uyg'onish (Renessans) davri va Reformatsiya (lotincha reformatio - o'zgartirish, isloh qilish) bilan bog'liqdir. Reformasiya - XVI asrda G'arbiy Yevropada katolik cherkovi va Rim papasi hokimiyatiga qarshi olib borilgan ijtimoiy-siyosiy, diniy-mafkuraviy harakatdir. Huddi shu davrga kelib, feodal tuzumning inqirozga yuz tutganligi ayon bo'lib qoldi. Jamiyat turmush-tarzida tubdan yangi bo'lgan me'yorlar tizimi shakllana boshladi. Bu esa Uyg'onish va Reformatsiya davrining negizini tashkil etadi. Uyg'onish davrining boshlanishi Rim katolik cherkovining inqirozi hamda madaniyat, san'at va erkin dunyoqarash rivojlanishining boshlanish davridir. Bu davrda har bir shaxsning umumiy farovonlik yo'lida beg'araz xizmat qilishini targ'ib qiluvchi g'oya siyosiy va huquqiy qarashlar tizimida dolzarb ahamiyat kasb etgan tezisga aylangandi. Umumiy farovonlik iborasi mazmunida Respublika tuzilishi shaklidagi, fuqarolar tengligi va adolatparvarlik tamoyillariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.47 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.47 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga