G'arbda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi va rivojlanishi

G'arbda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi va rivojlanishi

O'quvchilarga / Huquq
G'arbda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi va rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

G'arbda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi va rivojlanishi Reja: G'arbda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi va rivojlanishi Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi jinoyatchilik bilan bog'liq muammolar G'arbda kriminologik ta'limotlarning shakllanishi va rivojlanishi Kriminologik ta'limotlar - jinoyatchilik, uning sabab va shart-sharoitlari, jinoyatchi shaxsi, jabrlanuvchi shaxsi hamda jinoyatlar profilaktikasi to'g'risidagi g'oyalar, fikrlar, qarashlar va nuqtai nazarlar majmui. Kriminologik ta'limotlarning shakllanish jarayoni juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Kriminologik ta'limotlar o'z rivojlanishida uzoq va murakkab, ya'ni alohida g'oyalar, qarashlardan toki tarixiy materialistik asosda ishlab chiqilgan butun bir bilimlar, qarashlar tizimigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. G'arbda dastlabki kriminologik ta'limotlar nafaqat diniy ta'limotlar va xalq og'zaki ijodi namunalarida, balki mutafakkir faylasuflarning fikr va qarashlarida ham o'z aksini topganligi bilan Sharqdagiga nisbatan farq qiladi. Xususan, G'arb faylasuflari Platon, Aristotel (Arastu), Sokrat (Suqrot) va boshqalar kriminologik ijtimoiy hodisalar haqida o'z qarashlarini bildirib o'tganlar. Yunon faylasufi Aristokl (mil. av. taxm. 427-347)ga ustozi Sokrat «Platon» (keng yelkali, keng ko'krakli degan ma'noni beradi) deb nom qo'ygan. Platonning 30 ga yaqin asarlari saqlanib qolgan. «Apologiya» («Sokratni himoya qilish»), «Kriton» («Qonunni hurmat qilish haqida»), «Laxet» («Mardlik haqida»), «Xarmid» («Aql bilan ish qilish haqida»), «Fedon» («Adolat haqida»), «Qonunlar», «Siyosatdon» va boshqalar shular jumlasidan. Platon insonning quyidagi to'rt asosiy fazilatini ajratadi: donishmandlik, mardlik, aql bilan ish qilish va eng asosiysi -boshqa fazilatlar o'rnini to'ldiradigan va qo'shilib ketadigan fazilat - adolat. Platonning g'oyalari dastlabki kriminologik ta'limotlar shakllanishiga muhim hissa qo'shgan. Jumladan uning fikricha: qonun chiqaruvchilar shunday qonunlar ishlab chiqsinlarki, bu qonunlar ta'sirida kishilar o'zlarini jinoyat sodir qilishdan tiysinlar; jamiyat a'zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo'ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo'lsa, hokimlar esa qonunga qul bo'lsa, o'sha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni o'rnatib qo'yadigan bo'lsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi; g'azab, rashk, rohat-farog'atga intilish, adashish, ko'rolmaslik kabilar jinoyatning sabablari bo'lishi mumkin; jinoyatchiga jazo tayinlash nafaqat shaxslarni jinoyat sodir etishdan tiyadi, balki jazo ma'lum darajada jinoyatchi uchun foydali, jazo orqali jinoyatchining qalbi poklanadi; jazo faqat jinoyat sodir qilgan shaxsning o'zigagina tayinlanishi, uning yaqin qarindoshlariga nisbatan, hatto davlatga qarshi jinoyat sodir etganda ham, qo'llanilmasligi lozim; jazo berishda faqat jinoyatning xususiyatiga emas, balki aybdorning niyatiga, jinoyatning makkorlik yoki rahmsizlik yoxud yoshlik qilib, yengiltaklik bilan sodir etilganligiga ham ahamiyat berish kerak. Yana bir yunon faylasufi Aristotel (mil. av. 384383-322321)dan juda boy ilmiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: «Politiya», «G'oyalar haqida», «Farovonlik haqida», «Kategoriyalar», «Jon haqida», «Nikomax axloqi», «Yevdem axloqi», «Axloqi kabir», «Siyosat», «Ekonomika», «Etika», «Poetika», «Ritorika» va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.74 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.74 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga