G'arbiy Evropada o'rta asrlar siyosiy va huquqiy ta'limotlari

G'arbiy Evropada o'rta asrlar siyosiy va huquqiy ta'limotlari

O'quvchilarga / Huquq
G'arbiy Evropada o'rta asrlar siyosiy va huquqiy ta'limotlari - rasmi

Material tavsifi

G'arbiy Evropada o'rta asrlar siyosiy va huquqiy ta'limotlari Reja: 1. G'arbiy Evropada O'rta asrlar siyosiy va huquqiy ta'limotlarining vujudga kelishi. 2. Avgustin va Foma Akviniskiyning siyosiy va huquqiy qarashlari. 3. Mavzu yuzasidan tayanch so'z va iborlar G'arbiy Evropada O'rta asrlar siyosiy va huquqiy ta'limotlarining vujudga kelishi. IV asrning oxiri va VI asrning ikkinchi yarmi oraligida Rim imperiyasining qulashi bilan birga antik davr ham tugadi, o'rta asrlar boshlandi. Ming yildan ko'proq vaqtning o'z ichiga olgan bu davr feodalizmning paydo bo'lishi, rivojlanishi va inqirozga uchrashi davridir. Feodal jamiyatning iqtisodiy asosini yerga bo'lgan feodal mulkchiligi tashkil qiladi. Qirol eng katta yer egasi hisoblanar edi. U o'z vassalariga yer taqdim etardi, vassalar bunga javoban qirolga harbiy ko'mak ko'rsatishi va soliq to'lashlari shart edi. Feodallar o'z navbatida dehqonlarni ishlatish bilan bir qatorda, hosilini ham bir qismini o'ziga olardilar. X asrdan boshlab davlat hokimiyati kuchaya boshlaydi. Qirolning vassalar ustidan hukumronligi dam kuchayib, dam susayib bordi. O'rta asrlarning oxirlarida markazlashgan davlatlar yuzaga keldi. Rasmiy hokimiyat absolyut monarx qo'liga o'tdi. Davlat hokimiyatining kuchaytirish maqsadida qirol tomonidan tashkil qilingan hukumat va uning amaldorlari davlatni boshqarishdagi ishtiroki tufayli ma'lum hokimiyatni qo'lga kiritdilar. Natijada qirol va davlat aristokratiyasi o'rtasida keskinlik paydo bo'ldi. Bu keskinlikni bartaraf qilish yo'lida qirol paydo bo'la boshlagan uchinchi tabaqadan tayach izlardi. Taxminan 17-asrning oxirgacha uchinchi tabaqa asosan absolyutizmni qo'llab-quvvatlab keldi. Davlat bilan bir paytda cherkov ham rivojlanib bordi. O'rta asrning ilk davridan boshlab hayotiy muammolar bilan qiziqishlar doirasi asosan ma'naviy masalalar bilan cheklandi. Odamlar o'z hayotidagi o'ta og'ir muammolar yechimini dindan izladilar. Siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismoniy azob-uqubatlar, yovuzlik va iroda zaiflashishiga qaramay har bir kishi umid bilan yashardi. Xristianlik har bir kishiga murojaat qilardi va umid berardi. yerdagi hayot, deb uqtirardi xristianlik, drammatik tarixiy jarayonning bir qismidir xolos. Uning oxirida har bir kishini bu hayotdagi nohakliklar va azob-uqubatlar uchun odil mukofat kutadi. Bulardan yuqorida Tangri-Xudo, yaratuvchi mehribon va odil rux turadi. yerdagi barcha mavjudod Xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida panox topishi uchun yaratilgan. Barcha uchun umumiy qonun Xudoning amri mavjuddir. Barcha odamlar teng, zotan ularni Xudo o'ziga o'xshatib yaratgandir. Bunday tushunish tabiiy huquq, umuminsoniy birdamlik va tenglik g'oyalari uchun zamin bo'lish imkoniyatini yaratar edi. yangi xristianlik g'oyalari siyosiy va huquqiy ta'limotlarda ham o'z aksini topdi. Xristianlik hukumron dinga aylangan vaqtdan boshlab O'rta asrlar siyosiy hayoti va siyosiy tafakkuriga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Jamiyatda davlatdan tashqari cherkov instituti yuzaga keldi. Bu institut rivojlanib bordi va IV asrdan boshlab O'rta asrlar oxirigacha davlat va cherkov o'rtasidagi munosabatlar o'zaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.85 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.85 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga