G'arbiy Evropada uyg'onish davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari

G'arbiy Evropada uyg'onish davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari

O'quvchilarga / Huquq
G'arbiy Evropada uyg'onish davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari - rasmi

Material tavsifi

G'arbiy Evropada uyg'onish davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari Reja: 1. G'arbiy Evropada uyg'onish davri siyosiy huquqiy ta'limotlari. 2. Nikollo Makiavelli va Jan Bodenning siyosiy va huquqiy qarashlari. 3. Mavzu yuzasidan tayanch so'z va iboralar G'arbiy Evropada uyg'onish davri siyosiy huquqiy ta'limotlari. Uyg'onish davri XV- asrdan XVII- asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davr qirollik hokimiyatini absolyut monarxiyaga aylanishi va mustahkamlanishi, ilk kapitalizimning vujudga kela boshlashi, feodal jamiyatining barham topishi bilan xarakterlanadi. Feodalizmdan sekin-asta kapitalizmga o'tish ro'y bera boshlaydi. Yangi davr markazlashtirilgan hokimiyatning kuchayishi bilan bir vaqtda feodal tarqoqligini tugatish talablari kuchayib bordi. Sanoat ishlab chiqarish, kemasozlik, harbiy ishni rivojlantirish ehtiyojlari yangi ilmiy tadqiqot metodlarini, o'rta asrchillikka xos sxolastikadan voz kechishni taqazo qilar edi. Paydo bo'la boshlagan burjua mafkurasi nomoyondalari diniy aqidalarga nisabatan tanqidiy munosabatda bo'ladilar, mustaqil ilmiy tadqiqotga intilish kuchaydi. Insoniy ehtiyojlar birinchi o'ringa chiqdi. Olimlar insonning ijodiy imkoniyatlari, uning aql-idrok qudratini ulug'ladilar. Antik madaniyatning qayta tiklanishi, diniy Reformatsiya, tabiatshunoslik fanlarining vujudga kela boshlashi uyg'onish davrining asosiy xususiyatidir. Bu o'zgarishlar siyosiy fikr sohasida ham o'z aksini topdi. yangi siyosiy ta'limotlarda cherkovga bog'lik; bo'lmagan, markazlashgan dunyoviy davlat tuzish talablari yuzaga kela boshladi. Bu yangi g'oyalarning himoyachisi va targ'ibotchilari Italiyada Makiavelli, Frantsiyada Boden hisoblanadi. Nikollo Makiavelli va Jan Bodenning siyosiy va huquqiy qarashlari. Nikollo Makiavelli (1469-1527) siyosiy fikr tarixiga o'zining bir qancha ijobiy asarlari bilan kmrib keldi. Bu asarlar ichida uning Xukmdor (Gosudar') asari alohida o'rin egallaydi. Makiavelli birinchilardan bo'lib diniy aqidalardan holi bo'lgan siyosiy ta'limot yaratishga harakat qildi. Uning ta'limoti siyosiy amaliyotning kuzatish, tarix va inson psixikasini o'rganish asosiga qurilgan. Makiavellining fikricha u odamlarning xatti-harakatlarini bir-xil xirs va intilishlar belgilaydi. Inson tabiatining zaminida amalparastlik, g'arazgo'ylik yotadi. Odamlar, deydi u, subitsiz, noshukur, qo'rqoq, munofiq, ichi qora, boshqalarni ko'ra olamaydigan xossalarga egadirlar. qobiliyati cheklangan bo'lsa ham, hohishlari cheklanmagan. Ular doim hozirgi kundan norozi, o'tmishni maqtaydilar, taqlid qilishni sevadilar, lekin yaxshi narsalarga nisbatan yomon odatlarni tezroq o'zlashtiradilar. Inson - o'zining dunyoga kelishini batamom asosli ravishda katta yig'i bilan olqishlovchi eng ojiz va sho'rpeshana maxluqdir. Donishmand hukmdor davlatni boshqarishda o'zini axloq normalari bilan cheklanmasdan odamlarga xos mana shu xossalarini hisobga olishi zarur, deb uqtiradi. Shundagina u o'z oldiga qo'ygan vazifalarni bajarishga qodir bo'ladi. Makiavelli markazlashgan milliy davlat tarafdori edi. U davlatni kuchsizlantiruvchi va uning yaxlitligini buzuvchi barcha narsalarga nafrat bilan qaraydi va aksincha, davlat qudratining oshib borishiga, uning birligini mustahkamlashga, chegaralarini kengayishiga ko'mak beruvchi barcha narsalarni olqishlaydi. U feodallarni, ayniqsa dvoryanlar toifasini, cherkovni qattiq tanqid ostiga oldi. Ularni davlatning qudratli bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi kuchlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.12 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga