Gender tengligi va ayol huquqlarini himoya qilish Reja 1. Gender tengligi tushunchasi. 2. Ayollar huquqlariga oid xalqaro-huquqiy standartlar. 3. Ayollar huquqlari himoyasiga oid xalqaro mexanizmlar. 4. Ayollar huquqlariga oid milliy-huquqiy hujjatlar. Gender tenglik tushunchasi Gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi. Ayollar huquqlari Ayollar huquqlari - bu ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik va siyosiy mavqeini mustahkamlaydigan huquqlardir. Ular ayollarni jinsga qarab kamsitishlardan himoya qilish uchun mo'ljallangan. Gender tenglikni ta'minlash Gender tenglikni ta'minlash uchun olib borilgan say-harakatlar dastlab xalqaro normalar va qonunchilikni ishlab chiqishdan iborat bo'ldi. Biroq normalarning o'zi gender tenglikni ta'minlashda etarli bo'lmadi. BMT tashabbusi bilan xalqaro miqyosda 4 ta konferensiya o'tkazildi. xalqaro konfrensiyalar Mexiko konferensiyasi (1975 y.): vazifalar gender tenglikni ta'minlash va jinsga bog'liq belgilarda kamsitishlarni yo'qotish; ayollarni rivojlanish jarayoniga jalb etish; ayollarning butun dunyo bo'yicha tinchlikni ta'minlashdagi hissasini oshirish. ta'lim olish, bandlik, siyosiy faoliyat, sog'liqni saqlash, uy-joy bilan ta'minlash, oziq-ovqat va oilani rejalashtirish sohalarida tenglikni ta'minlashga qaratilgan asosiy vazifalar belgilandi. xalqaro konfrensiyalar Kopengagen konferensiyasi (1980 y.): kamchiliklar ayollarning jamiyatdagi rolini oshirishda erkaklar ishtirokining yetishmasligi; siyosiy xohishlarning yo'qligi; rejalashtirishda ayollarning asosiy ehtiyojlarini hisobga olmaslik; boshqaruv organlarida ayollar sonining kamligi; davlat hayotida ayollar ishtirokini taminlovchi xizmatlarning yetishmasligi va b. xalqaro konfrensiyalar Nayrobi konferensiyasi (1985 y.): BMT 10 yilligi - ayollar yutuqlarini sharhlash va baholash xalqaro konferensiyasi: tenglik, taraqqiyot va tinchlik. Kamsitishning yo'qolishi faqat kam ta'minlangan ayollar orasida; Rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollar ahvoli yaxshilanishi sezilarli bo'lmagan; Ikkinchi o'n yillikdagi masalalar to'la amalga oshirilmagan. xalqaro konfrensiyalar Nayrobi konferensiyasi (1985 y.): Dastur qabul qilindi: Konstitutsiya va qonunchilikni takomillashtirish me'yorlari; Siyosiy hayotda va qaror qabul qilishda teng ishtirokchilik; Ijtimoiy dasturda tenglik. xalqaro konfrensiyalar Pekin platformasi (1995 y.): Pekin deklaratsiyasi va harakatlar platformasi. 12 yo'nalishda ayollarga oid sohalarga etibor qaratildi. Ayollar huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar Ayollar va bolalar savdosiga qarshi kurash to'g'risidagi Konvensiya; Majburiy mehnat to'g'risidagi Konvensiya (1930 y.); - Har qanday yer osti va shaxta ishlarida ayollar mehnatidan foydalanish haqidagi Konvensiya (1935y., №45); - Sanoatda ayollarni tungi mehnati to'g'risidagi Konvensiya (1948y., №89) (qayta ko'rib chiqilgan); - Oilaviy majburiyatga ega ayollar mehnati to'g'risidagi konvensiya (1965 y., №123); Ayollar huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar Ayollar huquqlarini himoya qilish yuzasidan xalqaro-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish yuzasidan katta ahamiyatga ega bo'lgan tubdan o'zgartishlar ikkinchi jahon urushidan keyin, yani BMT tashkil etilib uning Ustavi qabul qilingandan so'ng yuz berdi. Ayollar huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar Ayollarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi konvensiya (1951 y.); ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
350.35 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
350.35 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx