Germaniya davlati va huquqi

Germaniya davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Germaniya davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

GERMANIYA DAVLATI VA HUQUQI (IX asrning o'rtasi - XVII asr) Reja: Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari. Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» (X-XII asrlar). Germaniyada kurf-yuristlar oligarxiyasi va tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XII-XVII asrlar)da ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar. «Knyazlik absolutizmi» davrida (XVII-XVII asrlarda) Germaniya. O'rta asrlarda Germaniyada huquqning asosiy belgilari. 1. Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari 843 yilda Verden shahrida bo'lgan taqsimotga muvofiq «Sharqiy Frank yerlari» - bo'lg'usi Germaniya hududi Ludovik Nemisga o'tdi. Aslida bu yerlar bir necha qabilaviy knyazliklarning yerlari edi. Bu vaqtda mamlakatning milliy birligi to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin emas edi. Gersog'liqlar shimoldan janubga qarab quyidagicha tartibda joylashgan edi: Saksoniya, Frankoniya, Shvabiya (ilgarigi Allemaniya), Bovariya. Birmuncha keyinroq borib g'arbda joylashgan beshinchi bir gersog'liq - Lotaringiya Fransiyadan tortib olindi va Germaniya tarkibiga kiritildi. Shuningdek, qator fransuz, italyan va slavyan yerlari - Burgundiya, Shimo-liy Italiya, Bogemiya, Avstriya va boshqalar ham tez orada Germaniyaga qo'shib olindi. Shu tariqa vaqtincha nisbatan yagona Germaniya qirolligi tashkil topdi. Dastlab bu qirollik «Sharqiy franklar qirolligi», X asr o'rtalarida esa Tevtonlar davlati deb atalgan. Bu davlat keyinroq - XI asrdan Germaniya deb yuritila boshlandi. O'rta asrlarda Germaniya davlati va huquqining tashkil topishi va rivojlanishida, shuningdek, german feodalizmining o'ziga xos bir qancha xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin34: Germaniya davlati urug'doshlik tuzumining yemirilishi natijasida paydo bo'lmasdan, balki o'rta asrlarda feodalizmni o'z boshidan kechi-rayotgan davlat - franklar davlatining inqirozi (bo'linib ketishi) natijasida, uning bir qismida tashkil topdi. Germaniyada jamoa - marka slavyanlar va franklardagiga nisbatan ancha turg'un bo'lib, dehqonlarni qaramlikka tashlash jarayoni ancha uzoq vaqtga cho'zilgan. Germaniyada tovar-pul munosabatlarining barvaqt rivojlanishi ishlab chiqarishning natural xarakterini birdaniga buzib tashlamadi. Ger-man knyazliklarining notekis iqtisodiy rivojlanishi sezilib turdi. Lekin bu yerda feodalizm sust rivojlangan bo'lsa-da, XI-XII asrlarda jamiyatning feodallashish jarayoni nihoyasiga yetib, asosiy sinflar - yer egalari va ular-ga qaram dehqonlar shakllangan edi. Ijtimoiy tuzumi bo'yicha Germaniya aholisi juda tabaqalashib ketgan edi. Masalan, hukmron tabaqa - ritsarlarning35 o'zi 7 ta darajada turardi. XIV asrga kelib, agarda Angliya va Fransiya davlatlarida siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashuv ro'y berayotgan bo'lsa, Germaniyada buning teskari jarayoni - siyosiy tarqoqlik kuchayayotgan edi. Buning asosiy sababi Germaniyada o'ziga xos tabaqa-vakillik hokimligining vujudga kelganligida edi. O'rta asrlarda Germaniya davlatining tashkil topishi va rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib ko'rsatish mumkin: Ilk feodal monarxiyasi davri (X-XII asrlar). Kurfyurstlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV-XVII asrlar). German qirolliklari absolutizm davri (XVII-XVII asrlar). Biroq, davlat va huquq tarixi fanida ba'zi olimlar o'rta asrlarda Germaniya davlati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 132.51 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 132.51 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga