Giyohvand vositalari bilan bog'liq jinoyatlarning tergovi

Giyohvand vositalari bilan bog'liq jinoyatlarning tergovi

O'quvchilarga / Huquq
Giyohvand vositalari bilan bog'liq jinoyatlarning tergovi - rasmi

Material tavsifi

Voyaga yetmaganlar jinoyatini tergov qilish Reja: 1. Voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarning kriminalistik tasnifi 2. Jinoyat ishini qo'zg'atish va dastlabki versiyalar 3. Alohida tergov harakatlari taktikasining o'ziga xos jihatlari Malumki, jinoyat sodir etilish vaqtida hali 18 ga to'lmagan shaxslar voyaga yetmagan deb etirof etiladi. Mazkur tergov metodikasining yaratilishi ana shu yoshdagi shaxslarning obyektiv va subyektiv ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga bog'liqdir. Uning obyektiv qismini ushbu yoshdagi shaxslar organizmida kechayotgan ruhiy-fiziologik jarayonlar tashkil etsa, subyektiv qismi muayyan shaxsning shakllanish xususiyatlaridan iborat. Ham obyektiv, ham subyektiv omillar voyaga yetmagan shaxsning ijtimoiy va huquqiy ongi, qonun talablarini qabul qilishi, xulq-atvori, o'zga insonlarga bo'lgan munosabati kabi shaxsiy xususiyatlariga ancha jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Jinoiy-huquqiy hamda jinoiy-protsessual qonunlar voyaga yetmaganlarga alohida yondashadi. Misol uchun, JKda voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga bag'ishlangan alohida VI bo'lim mavjud. Ushbu bo'limning 81-90-moddalarida uning o'ziga xos tomonlari aks ettirilgan. Xususan, jinoiy jazo bilan bir qatorda majburlov choralari (88), jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan (87, 89-modda) ozod etish imkoniyatlari ko'zda tutiladi. JPKda voyaga yetmaganlarning ishlari bo'yicha jinoiy ishlarni yuritish maxsus 60 bob sifatida ajratilgan. Uning xususiyatlari ana shunday shaxslarni ayblash bo'yicha jinoyat ishlarini yuritish tartibi, umum qabul qilingan isbotlanishi talab etilgan holatlardan tashqari aniqlanishi kerak bo'lgan qo'shimcha shart-sharoitlar, voyaga yetmaganlar ishlarining alohida ko'rilishi, so'roqda pedagog ishtirok etishi, sudda jinoyat ishini ko'rib chiqishning o'ziga xosligi va boshqa masalalarga oiddir. Qonunlarda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga alohida etibor berilganligi bolalikni himoya qilish haqidagi konstitutsiyaviy qoidalarni, shu bilan birga xalqaro-huquqiy ahamiyatga molik, xususan BMT Bosh Assambleyasi 1989 yil 20 noyabrida qabul qilgan Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaning tegishli nizomlarini aks ettiradi. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish metodikasi dastlabki tergovning umumiy maqsadlari va tamoyillariga tayanadi va ayni vaqtda voyaga yetmaganlar shaxsiga bog'liq qator xususiyatlarni ham aks ettiradi. Ushbu xususiyatlar ular tomonidan huquqqa qarshi harakat sodir etilganda va dastlabki tergov vaqtida shakllangan tushuncha va mulohazalarga asoslangan o'smir xulqida namoyon bo'ladi. Ruhiy-pedagogik adabiyotlarda 14-17 yoshlar o'smirlik yoki yigitlikning boshlang'ich davri deb ataladi. Biologik jihatdan o'smirlik jismoniy rivojlanishning yakuniy davri bo'ladi. Mazkur toifaga oid shaxslarning ijtimoiy ahvoli turlicha bo'lib, ular orasida talabalar, ishchilar va ishlamaydiganlar bor. Shu bilan birga ular xulqi va harakatlari ongli-irodali ko'rinishga ega va bu o'z o'rnida 16 yoshdan umumiy jinoiy javobgarlik, 14 yoshdan boshlab esa qasddan odam o'ldirish, o'g'rilash, zo'rlash, jinsiy ko'rinishdagi zo'rlik ishlatish, o'g'rilik, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, transport vositasini olib qochish, mol-mulkni qasddan yo'q qilish yoki unga zarar yetkazish o'qotar qurol, o'q-dori, portlovchi moddalar va portlatish moslamalarini, shuningdek, narkotik moddalar yoki psixotrop vositalarni, radioaktiv materiallarni qonunga hilof ravishda egallash, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.69 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.69 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga