Giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlarning kriminologik tavsifi hamda oldini olish chora tadbirlari

Giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlarning kriminologik tavsifi hamda oldini olish chora tadbirlari

O'quvchilarga / Huquq
Giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlarning kriminologik tavsifi hamda oldini olish chora tadbirlari - rasmi

Material tavsifi

Giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlarning kriminologik tavsifi hamda oldini olish chora tadbirlari Reja: Giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlarning hozirgi ahvoli Giyohvand (bangi)lar shaxsi va ularning kriminologik tavsifi Giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etishning sabab va shart-sharoitlari Giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlarning hozirgi ahvoli O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning mohiyati jamiyat a'zolarining osoyishtaligini ta'minlash va erkin kamol topishiga qaratilgandir. Shuningdek, har bir fuqaroning ma'naviyati va dunyoqarashini yangi davr talablari asosida shakllantirish hamda shaxs ma'naviyatida yuzaga keladigan turli illatlarga yo'l qo'ymaslikni ta'minlash ham davlat siyosatida alohida e'tiborga olingan. Shaxs ma'naviyatiga salbiy ta'sir etuvchi giyohvandlik kabi illat hamda uni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitni tugatishga davlatning alohida e'tibor qaratayotganligi esa ushbu muammoning naqadar dolzarbligidan dalolatdir. Ta'kidlash joizki, giyohvandlikning yuzaga kelishi va uning oqibatlari jamiyat uchun sezilarli darajada xavf tug'diradi. Shundan kelib chiqqan holda hamda giyohvandlikka yo'l ochib bera- yotgan xalqaro narkobiznes kabi salbiy holatlarning jahon hamjamiyati va insoniyatga solayotgan xavfining oldini olish maqsadida O'zbekiston Res- publikasining Prezidenti I. A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi chiqishida BMTning Markaziy Osiyodagi hududiy komis- siyasini tuzish to'g'risidagi taklifi g'oyatda o'rinlidir. Shuningdek, 200-yilning 19-20-oktabrida Markaziy Osiyo davlat- larining rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan konferensiyada giyohvandlik vositalarini g'ayriqonuniy tarzda o'tkazish, uyushgan jinoyatchilik va terro- rizmga qarshi kurashni birgalikda olib borish muhokama etildi va hamkor- likda qilinishi lozim bo'lgan ishlar xususida zarur to'xtamga kelindi. Jahon hamjamiyatida mustaqil davlat hisoblangan O'zbekiston Respublikasida BMT va boshqa xalqaro miqyosdagi nufuzli tashkilotlar chiqargan bir qator normativ hujjatlarda giyohvandlik vositalari bilan bog'liq cheklovlarning davlat miqyosida amalga oshirilishi e'tirof etilgan va bu talablar O'zbekistonning qonuniy hujjatlarida qayd etilgan. Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan barcha huquqiy islohotlarning bosh maqsadi inson va uning manfaatlarini har tomonlama ta'minlashga qaratilgandir. Ayniqsa, shaxsning sog'lom kamol topishi davlatning ijtimoiy siyosatida markaziy o'rin egallagan. O'quvchiga yaxshi ma'lumki, shaxsning ma'naviy va jismoniy sog'lom kamol topishiga aytib o'tilgan giyohvandlik illati salbiy ta'sir etadi. Giyohvandlik vositalarining shaxsning sog'lig'iga alkogoldan bir necha barobar jiddiy va zararli ta'sir etishidan kelib chiqadigan bo'lsak, bu illatning qanchalik mash'um ekanligi ma'lum bo'ladi. Agarda muntazam ichkilik- bozlikka berilish 7-15 yil oralig'ida doimiy ichkilik ichish bilan yuzaga kelsa, giyohvandlikka bir yarim-ikki oy mobaynida butunlay bog'lanib qolish mumkin. Eng achinarlisi, shaxs ma'naviyati tiklab bo'lmas darajada buziladi. Bu kabi holat alkogolizmga mubtalo bo'lgan shaxsda qariyb yigirma marta kamligini ham e'tiborga olish lozim. Giyohvandlik jamiyat hayotiga to'g'ridan-to'g'ri xavf soladi va kriminogen vaziyatlarning yuzaga kelishini kuchaytiradi. Nazariy jihatdan qaralganda, giyohvandlikning jinoyatchilikni keltirib chiqarish bilan bog'liq bo'lgan quyidagi uchta shaklini ko'rish mumkin. Birinchidan, giyohvandlar obyektiv va subyektiv jihatdan jinoyat sodir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.53 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.53 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga