Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda

O'quvchilarga / Huquq
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda - rasmi

Material tavsifi

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar Reja: 1. Taqiqlangan ekinlarni etishtirish jinoyatining yuridik tahlili. 2. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash jinoyatining yuridik tahlili. 3. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o'tkazish jinoyatining yuridik tahlili. 4. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni istemol qilishga jalb etish jinoyatining yuridik tahlili. 5. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarishyoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 6. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar jinoyatining yuridik tahlili. 1. Taqiqlangan ekinlarni etishtirish jinoyatining yuridik tahlili. (JK 270-moddasi) Jinoyatning bevosita obyekti sifatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyatning asosiy turlariga va avvalo Muomalada bo'lishi O'zbekiston Respublikasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro'yxati (I ro'yxat)ga kiritilgan tarkibida giyohvandlik moddasi bo'lgan o'simliklarni etishtirishga bo'lgan davlat monopoliyasini taminlovchi ijtimoiy munosabatlar amal qiladi. Jinoyatning qo'shimcha obyekti sifatida aholi salomatligi xavfsizligi amal qilishi mumkin. Ko'knor yoki moyli ko'knor, kannabis o'simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bo'lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki etishtirish JK 270-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning predmeti hisoblanadi. JK 270-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomonini taqiqlangan ekinlarni, yani ko'knor yoki moyli ko'knor, kannabis o'simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo'lgan subyektiv tomondan jinoyat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor tarkibida giyohvandlik moddalari bo'lgan ekin yoki psixotrop ekinlar yoki o'simliklarni qonunga xilof ravishda etishtirayotganligini anglaydi va mazkur harakatlarni amalga oshirishni xohlaydi. Jinoyatni sodir etish maqsadi aybdorning harakatlarini kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. Jinoyatning motivlari ham har xil bo'lishi mumkin va qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta'sir ko'rsatmaydi. O'n olti yoshga to'lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs JK 270-moddasida nazarda tutilgan jinoyat subyekti bo'lishi mumkin. Bu xususiy shaxs bo'lishi ham, mansabdor shaxs bo'lishi ham (masalan, qishloq xo'jalik tashkilotlari, korxonalarning rahbarlari) mumkin. JK 270-moddasining 2-qismida: a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) o'rtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan taqiqlangan ekinlarni etishtirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan. JK 270-moddasining 3-qismida: a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko'zlab; v) katta ekin maydonida sodir etilgan taqiqlangan ekinlarni etishtirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Uyushgan guruh tomonidan taqiqlangan ekinlarni etishtirish jamiyat uchun jiddiy xavf tug'diradi, chunki rejalashtirilgan qilmishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.65 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.65 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga