Reja: Globallashuv nima? Asosiy global muammolar tizimi Korrupsiya nima va uning oqibatlari Globallik mezonlari. Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq tavsiflash uchun yuqorida zikr etilgan «geografik» mezondan tashqari bu muammolarni boshqa tomondan - ularning sifati, va muhim xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsiflovchi qo'shimcha mezonlar qo'llaniladi. Birinchidan, global muammolar o'z mohiyatiga ko'ra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir. Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech bo'lmasa aksariyat qismining kuch-g'ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish ko'rishi talab etiladi. Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining obyektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e'tiborga olmasligi mumkin emas. To'rtinchidan, global muammolarning yechilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Asosiy global muammolar tizimi Demografik muammo. Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko'payishiga sabab bo'layotgan aholining nazoratsiz o'sishi qayd etiladi. Sog'liqni saqlash. Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog'liq. Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Ta'lim muammosi. Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Energetika va xom ashyo resurslari Urush va tinchlik muammosi. xalqaro kuchlarning birlashuvi. Inqiroz ildizlari. Yangi qadriyatlar tizimi. Korruptsiya (lotincha corrumpere - buzmoq so'zidan) - mansabdor shaxs o'z hokimiyat vakolatlari va o'ziga berilgan huquqlardan belgilangan qonunlar va qoidalarga zid ravishda shaxsiy naf ko'rish maqsadida foydalanishi. 6 Korruptsiya so'zining lug'aviy manosi Rim huquqiga ko'ra, yagona predmet bo'yicha majburiyat munosabatlari tomonlaridan biridagi bir necha ishtirokchilar tushuniladi. correi Sindirmoq, zarar etkazmoq, buzmoq, bekor qilmoq. rumpere Hozirgi kunda korruptsiya lotincha corruptio , yani buzish, sotib olish, pora evaziga og'dirish degan manoni anglatadi. correi + rumpere = corruptio (lotin tilidan olingan) Korruptsiya albatta bugun paydo bo'lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo'lib kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxs-larni noqonuniy yo'l bilan boyishiga yo'l qo'ymaslik lozim. G'arb mutafakkirlaridan biri Sharl Mon-teske korruptsiyani quyidagicha talqin etgan. Asrlar tajribasidan malumki, har qan-day hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan shaxs, uni suiistemol qilishga moyil bo'ladi va u ma-lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo'nalishda yuradi. K Korruptsion qilmishlarga oid munosabat Vatanimiz tarixida ham ancha qadimdan mavjud. Xususan, buyuk bobomiz Amir Temurning Temur tuzuklari-da ham amaldorlar xalqdan o'lpon(soliq) yig'ishda ham, Ipak yo'li dan o'tayotgan savdogarlar karvonlaridan olinadigan yi-g'imlarni olishda adoltli va insof bilan yondoshishlari bel-gilab qo'yilgan. O'z davrining mutafakkirlari ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.12 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx