Gumon qilinuvchi ayblanuvchi sudlanuvchining huquqiy holati Reja: 1.Sudyalarda ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) larga nisbatan aybsizlik prezumptsiyasi 2.Himoya ayblanuvchi shaxsning aybsizligini aniqlash 3. Ayblanuvchining huquqlarini cheklab qo'yish Sudyalarda ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)larga nisbatan aybsizlik prezumptsiyasi tomonga emas, balki aybdorlik prezumptsiyasi tomonga og'ish paydo bo'lish holati haqida protsessualist olim A.M.Larin surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudyalar hamma vaqt gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan aybsizlik prezumptsiyasi pozitsiyasidan kelib chiqqan holda munosabatlarga kirishishlari lozim - deydi. Ushbu masala to'g'risida O'zR Oliy sud Plenumining Sud hokimiyati to'g'risidagi qarorida ko'rsatilgan bo'lib, unga ko'ra Ommaviy axborot vositalari ko'rilayotgan ishlar bo'yicha o'z xabarlarida sud qarori qanday bo'lishi lozimligi haqida fikr bildirishga yoki boshqacha usullar bilan ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning foydasini ko'zlab sudga ta'sir o'tkazishga haqli emaslar. Bunda shuni unutmaslik kerakki, Konstitutsiyaning 26-moddasiga va Sudlar to'g'risidagi qonunning 9-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlanmaguncha, u aybsiz hisoblanadi, deb yozgan. Jinoyat sodir qilgan shaxs - sud uni jinoyat sodir etishda aybdor deb topganidan keyingina u jinoyatchi hisoblanadi. Buning uchun u jinoiy javobgarlikka tortilib, sudga berilgan bo'lishi va bu ish yuzasidan ayblov hukmi chiqarilgan bo'lishi kerak. JPKda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxs ayblanuvchi deb taniladi. Gumon qilinuvchi deganda, jinoyat sodir etgani to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lsada, bu ma'lumotlar uni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb etish uchun etarli bo'lmasa va gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxs deb etirof etish to'g'risidagi qaror chiqarilgan shaxsni tushunamiz. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida etirof etish to'g'risidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan chiqarilsa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish to'g'risidagi qaror tergovchi yoki prokuror tomonidan chiqariladi. Shaxs sudga berilgan ayblanuvchi sudlanuvchi deb, hukm chiqarilgandan keyin esa mahkum yoki oqlangan shaxs deb ataladi. Bularning barchasi jinoyat ishini tergov qilish, sudda ko'rish va jazoni ijro etish bosqichlarida belgilangan malum bir huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan muayyan protsessual ishtirokchi sifatidagi shaxsga ishlatiladigan atamalardir. Bu tushunchalarning har biri alohida tushunchalar bo'lib, jinoyatchi tushunchasidan farq qiladi. Mahkum termini sudning hukmi qonuniy kuchga kirib, jinoiy jazoni o'tayotgan shaxslarga nisbatan ishlatiladi. Mahkumlar sud tomonidan jinoyatchi deb topilib, aniq bir jazo turiga hukm qilingan shaxslardir. Insonparvar jamiyatda, qolaversa huquqiy davlatda ham aybdorligi qonuniy tartibda isbotlanmagan va bu to'g'risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo'lmasdan, shaxsga (gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga) jinoyatchi sifatida munosabatda bo'lish, qolaversa aybdor, deb aytish inson huquqlarini qo'pol ravishda buzish hisoblanadi. Jinoyat protsessida ayblanuvchiga (sudlanuvchiga) o'zini himoya qilish huquqi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.98 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: docx