Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi. Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi

Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi. Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi

O'quvchilarga / Huquq
Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi. Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi - rasmi

Material tavsifi

Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi. Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi Reja: Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasining turlari Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha tomonlarning huquq va majburiyatlari Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi Yo'lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasi Shartnoma bo'iicha taraflarning huquq va burchlari Yuk tashish shartnomasi turlari Tashish shartnomalari bo'yicha taraflarning javobgarligi Transport ekspeditsiyasi shartnomasi Transport ekspeditsiyasi shartnomasining mazmuni Transport ekspeditsiyasi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun javobgarlik va shartnomani bekor bo'lish asoslari 1. Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi tushunchasi va huquqiy belgilari Fuqarolik kodeksining 703-moddasida haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasiga quyidagicha ta'rif berilgan. Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha ijrochi buyurtmachining topshirig'i bilan ashyoviy shaklda bo'lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to'lash majburiyatini oladi. Ushbu shartnoma orqali ko'rsatiladigan xizmatlarga quyidagilarni, yani aloqa xizmati, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, axborot xizmatlari, ta'lim berish, sayyohlik va boshqa xizmatlarni kiritish mumkin. Ushbu xizmat turlariga nisbatan haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasining qoidalari tadbiq etiladi. Shu o'rinda ushbu shartnomaning predmetini tashkil qiladigan xizmat tushanchasiga qisqacha to'xtalib o'tsak. Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat. Birinchidan, haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi xizmat turiga ko'ra ham konsensual ham real bo'lishi mumkin. Masalan, sayyohlik xizmati konsensual xarakterga ega bo'lsa, aloqa xizmatining ayrim turlari (hat-habarlar yuborish xizmati) real xarakterli bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi o'z nomidan ko'rinib turibdiki, muayyan haq evaziga amalga oshiriladi. Buyurtmachi o'z topshirig'iga binoan ijrochi tomonidan amalga oshirilgan xizmat uchun haq to'lash majburiyatini oladi. Uchinchidan, Shartnoma yuzasidan taraflarning har ikkalasida ham huquq va majburiyatlar mavjud bo'ladi. Shu nuqtai nazardan haq evaziga xizmat ko'rsatish ikki tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi. Haq evaziga xizmat ko'rsatish Respublikamizda bozor munosabatlari shakllanib borishi va demokratik jarayonlarning shiddat bilan o'zgarib borayotganligi sababli aholiga keng jabha bo'ylab xizmat ko'rsatishga qaratilgan shartnomadir. Shartnomaning predmeti ashyoviy shaklda bo'lmagan xizmatdir. Yani, muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan, shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, muayyan bir ihtisoslikka, malakaga ega bo'lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir. Fuqarolik kodeksining 704-moddasiga muvofiq haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasida boshqa ko'rsatmalar bo'lmasa, ijrochi shartnomada nazarda tutilgan xizmat (xizmatlar)ni shaxsan o'zi ko'rsatishi shart. Shartnomada haq to'lash tartibi. Buyurtmachi o'ziga ko'rsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasida ko'rsatilgan muddatlarda va tartibda to'lashi shart. Ijrochi o'zi aybdor bo'lmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda, buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to'lashi shart, bunda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 80.83 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 80.83 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga