Har xil toifadagi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning psixologik xususiyatlari Reja: Har xil toifadagi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning psixologik xususiyatlari Sodir etgan jinoyatlari bo'yicha mahkumlarning tasniflanishi Mahkum shaxsining ijtimoiy va demografik tavsiflari Mahkumlarning yoshi. Mahkumlarning oilaviy ahvoli. Har xil toifadagi ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning psixologik xususiyatlari Jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar xatti-harakati, xulq-atvoridagi o'zgarishlar uni faollashtiruvchi manba, yani ehtiyojlar paydo bo'lishida gavdalandi. A. N. Leontev: «Ehtiyoj o'zining birinchi qondirilishida o'z predmetini aniqlamagan bo'ladi, shu bois predmetini aniqlashi lozim. Faqat shundan so'nggina o'z predmetiga ega bo'ladi. Predmet idrok qilingach, faoliyatning qo'zg'atuvchanlik va yo'naltiruvchilik funksiyasiga ega bo'ladi. Bu esa motivning tarkib topishi hisoblanadi», - deb yozgan edi. Jinoiy xatti-harakat motivga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham faoliyatga turtki bo'luvchi ehtiyojlar shaxsning shakllanishida muhim omil sanaladi. Mahkumning shaxs sifatida o'z xatti-harakatlarini ijtimoiy munosabatlar tizimiga muvofiq shakllantirishi xulq-atvor motivlarini to'g'ri belgilashga bog'liq. Mahkum etilganlarni hayotga, to'g'ri yo'lga solish, muassasalarda ularni kriminal xatti-harakat sodir etmaslikka yo'naltirish uchun jinoyatchining shaxsini chuqur tahlil qiladigan bo'lish lozim. Kriminalogiya bo'yicha olingan statistik ma'lumotlarda jinoyatchilar orasida ayollarga nisbatan erkaklar jinoyatining ancha ko'p uchrashi takidlanadi. Eng yuqori kriminogen faoliyat 25-29 yoshdagilarga, undan keyingisi 18-24 hamda 14-17 yoshlilarga va so'nggi pog'ona 30-45 yoshdagilarga to'g'ri kelishi qayd etiladi. Yuridik xususiyatiga ko'ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar alomatlariga qarab turlicha tasniflanadi. Sodir etgan jinoyatlari bo'yicha mahkumlarning tasniflanishi: uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarni sodir etgan mahkumlar; og'ir jinoyatlarni sodir etgan mahkumlar; o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan mahkumlar. Mahkumlar sudlanganlik alomatlariga qarab quyidagi toifalarga ajratiladi: a) birinchi marta sudlanganlar; b) muqaddam sudlanganlar; v) o'ta xavfli retsidivistlar. Joylardagi mahkumlar biologik xususiyatlariga, jinsi va yoshiga ko'ra tasniflanadi. Ular jinsi bo'yicha ikki toifaga bo'linadi: 1) erkak mahkumlar; 2) ayol mahkumlar. Mahkumlar yoshiga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1) katta yoshdagi mahkumlar; 2) voyaga yetmagan mahkumlar. Mahkum shaxsining ijtimoiy va demografik tavsiflari quyidagilarga bo'linadi: a) jinsi; b) yoshi; v) oilaviy sharoiti; g) sog'lig'i. Mahkumlarning jinsi. Ko'plab izlanishlar erkak va ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o'rtasidagi farqlar mavjudligini ko'rsatadi. Ayollar jinoyati erkaklarnikiga qaraganda past darajada bo'ladi. Jazoni ijro etish muassasalaridagi ayol mahkumlar orasida o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlari ko'p bo'lmaydi. Bundan tashqari, sudlar tomonidan ham ayollarni jinoiy jazoga tortish hollari kam uchrab turadi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan ayollar tezda jazo muddatini o'tab, ozodlikka chiqadilar. Mahkumlarning yoshi. Mahkumlarning ijtimoiy-demografik tavsifida asosiy o'rinni yoshi egallaydi. Shuningdek, o'zlarini tutishlari va shaxsini aniqlashda ham yosh ahamiyat kasb etadi. Katta va o'rta yoshdagilar hayotiy tajribalarga boy bo'ladilar. Ular yoshlarga qaraganda yolg'onni kamroq ishlatishadi. Yoshlar ko'proq qiziquvchan, ishonuvchan va ularning psixologiyasida jinoyat sodir qilishga moyillik ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: doc