Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik tavsifi

Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik tavsifi

O'quvchilarga / Huquq
Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik tavsifi Reja: Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning axloqiy-ruhiy jihatdan yetarlicha tayyorlanmaganligi tavsifi Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olishdagi asosiy yo'nalishlar Ayrim turdagi harbiy jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlari Harbiy jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslarning kriminologik Harbiy xizmatchilarning jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti- harakatlarining markaziy bo'g'inida o'ziga xos ruhiy xususiyatlarga ega jinoyatchining shaxsi turadi. Jinoyatchi shaxsini kriminologiya nuqtai nazaridan tavsiflash, uni baholash bilan bog'liq bo'lmagan holda aytish mumkinki, harbiy xizmatga chaqirilganlar safida, biz avvalgi paragrafda aytib o'tgani- mizdek, o'ziga xos salbiy axloqiy-ruhiy xususiyatlarga ega shaxslar ham uchrashi mumkin. Bu kabi xususiyatlar vaziyat taqozosi bilan (har doim bo'lmasa ham) shaxsning jinoyat sodir etishiga olib keladi. Kuzatuvlarimizdan ma'lum bo'ldiki, u yoki bu salbiy qusur va illatlarga ega shaxslar harbiy xizmatni o'tash faoliyatida o'ziga xos tanlov asosida huquqbuzarliklarni sodir etishga intiladilar. Shunga ko'ra, aytish mumkinki, ayrim intizomsiz harbiylarda bir xil bo'lmagan jinoyatlarning sodir etilishini ko'rish mumkin. Ta'kidlash joizki, xizmatga qadar shaxsga xos bo'lgan salbiy odatlar, qo'pollik, o'zini tuta bilmaslik yoki tez o'zgaruvchanlik kabilar bois, ularda gap qaytarish va atrofdagilarni haqoratlash singari xulq namoyon bo'lishi mumkin. Bayon etilganlardan ko'rinib turibdiki, bunday toifadagi shaxslar asosan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonida ruhiy qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Agarda ularga yuklatilgan vazifalar ko'pchilik bilan bo'ladigan munosabatlarga bog'liq bo'lmasa, sanab o'tilgan salbiy odatlar umuman ko'zga tashlanmasligi mumkin. Aksincha, agarda bunday shaxslarga xos salbiy odatlarning talab darajasida oldi olinmasa, uning ta'sir doirasi kengayadi va gap qaytarish odatlari ko'payadi. Shuningdek, zarur darajadagi tarbiyaviy talablar qo'yilmasa, bu kabi odatlar jinoyatga o'sib o'tishi mumkin. Gap qaytarish va buyruqni bajarmaslik odatlariga ega shaxs qo'pol tarzda intizomsizlikni, huquq- buzarlikni sodir etarkan, bunda hech qanday qiyinchilik sezmaydi. Shu bilan birga, boshqa ruhiy xususiyatlarga ega nojo'ya qilmishlar ham mavjuddir. Bunda harbiy xizmatchi oldindan o'ziga maqsad qo'yadi, muayyan vaqt tayyorgarlik ko'radi, o'ziga xos sharoit yaratishga kuch sarflaydi va qiyin- chiliklarni yengishga harakat qiladi. Bunga misol qilib, mayda tashma- chilikni va shu kabi boshqa nojo'ya qilmish hamda jinoyatlarni ko'rsatish mumkin. Bunday nojo'ya qilmish va jinoyatlarni o'ziga xos ravishda xo- hishga qarab sodir etiladigan huquqbuzarliklar deyish mumkin. Chunki bunday xatti-harakatlarni asosan tarbiyasiz va ma'naviy saviyasi past shaxslar sodir etishi kuzatiladi. Jinoyatchilikni shaxsning butunligicha olinganligida amalga oshiriladi- gan qilmishi deb olsak-da, bu umumiylikda shaxsga xos barcha qusurlar birdek amalda bo'ladi deyish aslo mumkin emas. Shaxsning jamiyat man- faatlari uchun zid xatti-harakatlari quyidagi invidiual-ruhiy xususiyatlarda namoyon bo'lishini ko'rish mumkin. Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning axloqiy-ruhiy jihatdan yetarlicha tayyorlanmaganligi armiyada xizmat qilishni to'g'ri tushunmaganlik yoki anglamaslikdan, boshliqlar to'g'risida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.53 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.53 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga