Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish

Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish

O'quvchilarga / Huquq
Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish - rasmi

Material tavsifi

Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish Reja: Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlar va ularning sabab hamda sharoitlari Shaxsning shakllanishiga salbiy ta'sir etuvchi sharoit Jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi vaziyatlar Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlar va ularning sabab hamda sharoitlari Qurolli Kuchlar - armiya va harbiy munosabatlar bilan bog'liq jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotining tadqiqotlaridan ma'lumki, bu sohadagi jinoyatlar o'ziga xos ravishda bir qator hayotiy vaziyatlar va jarayonlar bilan uzviy bog'liq bo'lib, qonunchilik va kriminologiya nuqtai nazaridan o'ziga xos sabab va jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar tizimini tashkil etadi. To'g'ri, bu kabi sabab va sharoitlarni qonunchilik hamda Harbiy nizom talablari asosida, tegishli mansabdor shaxslarning o'z vakolatlari doirasida o'z vaqtida aniqlashi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko'rishi lozimligi talab etiladi. Bu masalaning yechimini topishda ushbu sohadagi jinoyatchilik nima uchun yuzaga kelishini, qanday holatlar uni yuzaga keltirishini, uning sabab va sharoitlari nimalarda namoyon bo'lishi, bu sabab va sharoitlarning mexanizmi qanday amal qilishini ham aniq bilishga ehtiyoj tug'iladi. Qurolli Kuchlar tizimida yuzaga keluvchi jinoyatchilik ham o'ziga xos iqtisodiy, g'oyaviy, ruhiy, maishiy shart-sharoitlar bilan uzviy bog'liqdir. Albatta, bularni huquqiy va ijtimoiy fanlar jamiyat taraqqiyotining umumiy jihatlari bilan bog'liq tarzda o'rganadi. Shu bilan birga, jinoyatchilikka sharoit yaratuvchi sanab o'tilgan shart- sharoitlar hamda yuzaga keltiruvchi qonuniyatlar alohida olingan, muayyan nojo'ya xatti-harakatlar va jinoyatlarning sodir etilishida namoyon bo'ladi. Aynan, muayyan jinoyatning o'ziga xos belgilarini yuzaga keltiruvchi sharoitni aniqlash, birinchi navbatda, harbiy boshliqlar tarkibi va qolaversa, harbiy prokuratura hamda harbiy sudning vakolatlari va vazifalari doirasiga kiradi. Xo'sh, bu holatlarni qanday ifodalash mumkin? Bular atrofimizdagi mavjud turli fakt va voqeliklarda ifodalanadi va ularni aniq bilish uchun bunday holatlarni quyidagi uchta guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir: shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi salbiy sharoit va shuning oqibatida ushbu shaxsda jamiyatga qarshi tushunchalar, yomon xulq, salbiy yondashuv kabi jinoyatga yo'l ochuvchi subyektiv qusurlar; muayyan kimsaning shaxsida shakllanib bo'lgan salbiy xususiyat va qusurlarning mavjudligi tufayli, huquq-tartibotning buzilishiga olib keluvchi va jamiyat manfaatlariga zid qarashlarga ega bo'lgani uchun, u yoki bu nojo'ya xatti-harakat va jinoyatni sodir etishga yo'l ochuvchi aniq bir hayotiy vaziyatning mavjud bo'lishi; jinoyatning sodir etilishiga yordam beruvchi va jamiyat uchun zararli oqibatni yuzaga keltiruvchi holatlar. Odamlar sodir etadigan va jamiyatga qarshi bo'lgan nojo'ya xatti- harakatlar bayon etilgan uchta holat natijasida kelib chiqadi. Umuman olganda esa, bu holatlar yuqorida bayon etilgan jinoyatlar va nojo'ya xatti- harakatlarni yuzaga keltiruvchi sabab hamda sharoitlarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, bu holatlarni bayon etilgan tartib asosida o'rganish sabab va sharoitlarning yuzaga kelishi va amal qilish mexanizmini tahlil etishga hamda g'ayriqonuniy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.98 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.98 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga