Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat bo'yicha cheklash, qamoq va intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi ja'zolarni ijro etish REJA: Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari. Qamoq jazosini ijro etish tartibi va shartlari Intizomiy qismga jo'natish tartibi va shartlari Xizmat bo'yicha cheklash tariqasida jazoni ijro etish tushunchasi va tartibi. Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi ja'zolarni ijro etish bo'yicha harbiy qism komandiri (boshliq)ning vazifalari. Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazoni o'tash muddatini hisoblash. Xizmat bo'yicha cheklash jazosida mahkumning huquqiy holatlari, bu jazoda mahkumning huquqiy holatlari, bu jazoda pul ta'minotidan chegirib qolish. Xizmat bo'yicha cheklash jazosiga hukm qilingan mahkum bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar. Mahkumning xizmat vazifasini o'zgartirish tartibi. Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini tugatish. Harbiy xizmatdan bo'shatilganda jazoni almashtirish. qamoq tariqasidagi jazoni ijro etish. qamoq tariqasidagi jazoni ijro etish tushunchasi va tartibi. qamoq tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlarning huquqiy holatlari. qamoq tariqasidagi jazoga hukm etilgan mahkumlarni saqlash joylari. Intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari. Intizomiy qismda jazoni o'tayotgan mahkumlarning moddiy-maishiy ta'minoti va ularga tibbiy xizmat ko'rsatish tartiblari. Mahkumlarning uchrashuvlari, posilka, yo'qlov, banderol, pul jo'natmalarini olish, jo'natish va xat jo'natmalari tartiblari. Intizomiy qismda jazoni o'tayotgan mahkumlarning mehnati, uni tartibga solish, ish haqi va mahkumlarning ta'tillari. Intizomiy qismdagi mahkumlarning tarbiyasi va ta'limi. Intizomiy qismdagi mahkumlarni rag'batlantirish va jazo choralari turlari hamda ularni qo'llash tartibi. Intizomiy qismda jazo o'tash vaqtini hisobga olish. Xizmat bo'yicha cheklash ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi, praporshchik, minchman va harbiy xizmatni kontrak bo'yicha o'tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko'rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta'minlovchining 10 foizidan 30 foizigacha bo'lgan miqdorni davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir. Xizmat bo'yicha cheklash jazo chorasi 2 oydan 3 yilgacha muddatga qo'llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat yoki og'ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini inobatga olgan holda 3 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish, qamoq yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o'rniga shu muddatga xizmat bo'yicha cheklash jazosini qo'llashi mumkin. Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazoni o'tash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonni oshirish mumkin emas, jazoni o'tagan vaqt esa, uning ko'p yilik ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos bo'ladigan xizmat muddatiga qo'shilmaydi. Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy xizmatni o'tayotgan joydagi komandir (boshliq) amalga oshiradi. Komandir sud hukmi nusxasini va farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida quyidagilarni ko'rsatgan holda buyriq chiqaradi: Mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.28 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.28 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: doc