Himoya pozitsiyasi

Himoya pozitsiyasi

O'quvchilarga / Huquq
Himoya pozitsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Himoya pozitsiyasi Reja: Himoya pozitsiyasini tanlash (aybsizlik pozitsiyasi, qisman aybdorlik pozitsiyasi, aybiga to'liq iqror bo'lish pozitsiyasi, sukut saqlash pozitsiyasi) Himoyaning asosiy prinsiplari birlashgan pozitsiyasini tuzish rejasi Koalitsiyaviy hamda kolliziyaviy himoya 1. Himoya pozitsiyasini tanlash (aybsizlik pozitsiyasi, qisman aybdorlik pozitsiyasi, sukut saqlash pozitsiyasi) Himoyaga tayyorlanish va uni sud majlisida olib borish ijodiy jarayon bo'lib, ular ketma-ket bosqichlardan iborat. Jumladan, ish bilan tanishish va mavjud materiallarni tahlil etish ish yurituv hujjatlarini tuzishva ish materiallaridan ko'chirmalar olish;ish bo'yicha himoya taktikasini ishlab chiqish; himoyadagi shaxs bilan xoli suhbatlashish; sud majlisidagi himoya usulini ishlab chiqish; himoya nutqi rejasini va tezislarini ishlab chiqish lozim bo'ladi.Yuqoridagi barcha himoya bosqichlarining har bir o'z o'rnida va ularga alohida yondashuvni talab qiladi.Himoya pozitsiyasiga amaliy nazar bilan qaraganimizda, uni bo'lib o'tgan voqyeani himoyasidagi shaxsning manfaatlariga maqbul tarzda ifodalash ekanligini anglash mumkin. Himoya pozitsiyasini tanlash bunda ayblanuvchining so'roq bayonnomasida aybini u ixtiyori bilan aybnomaga bo'lgan munosabati, ya'ni to'liq tan olmayman, qisman tan olaman, to'liq tan olaman yoki aybnomaga bo'lgan munosabatni ifodalashdan bosh tortaman deb bildirishiga qarab, himoya pozitsiyasi belgilanadi. Jumladan, aybsiz, qisman aybdor, to'liq aybdor, sukut saqlash kabi himoya pozitsiyalari tayyorlanadi. Aybdorlik pozitsiyasi. Himoyadagi shaxs o'zini aybdor deb tan olmasa, himoya uni hech qachon aybdorligini tan olishiga qaratilgan. himoya pozitsiyasida turishi mumkin emas. Aybsizlik pozitsiyasining huquqiy tomonlari, yani ish bo'yicha jinoiy hodisaning yuz bermaganligi, qilmishda jinoyat tarkibining yo'qligi, ixtiyoriy ravishda jinoyat qilishdan qaytish, ayblash uchun aybning isbot topmaganligi kabi holatlarga alohida urg'u berish lozim. Ushbu aybsizlik pozitsiyalarining barchasi taqib qilishning to'xtatishi va oqlash uchun yetarli hisoblanadi. Agar ularning fuqarolik muomalada huquqiy oqibatlari bo'lsa, unda fuqarolik da'vosi kiritilgan jinoyatda, aybning isbot topmaganligida turib olinadi. Qisman aybdorlik pozitsiyasida esa mijoz o'ziga nisbatan e'lon qilingan aybni to'liq yoki qisman tan olinganida himoyachi aybnomaning kvalifikatsiyasiga emas, balki uning hajmiga nisbatan e'tibor qilishi; e'lon qilingan aybdagi faktlarni tan olib ularning huquqiy bahosiga e'tiroz bildirishi; aybnomadagi bayon etilgan ma'lumotlar bilan rozi emasligini bildirish lozim. Mijoz ayblovdagi dalillarni noto'g'ri deb e'tiroz bildirsa? ya'ni oldindan til biriktirmaganligi, jinoyat sodir etish maqsadida uchrashmaganligi balki, tasodifiy uchrashilganligi; -Ayblovdagi bo'lgan voqyea yoritilmaganligi M: nomusga tegish bo'yicha ishda jabrlanuvchining o'zi uni uyiga taklif etganligi ya'ni ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqada bo'lganligi, lekin unga uylanishdan bosh tortganligi sabab militsiyaga ariza berganligi to'g'risidagi fikrlar qisman aybdorlikning himoya pozitsiyasida qo'llanilishi lozim. Qisman aybdorlikni huquqiy pozitsiyasi quydagilardan iborat: ayblovdan iborat alohida epizodlarni chiqarib tashlash; yetkazilgan deb belgilangan zarar hajmini kamaytirish; ayblanuvchi sodir etgan harakatlarini JKboshqa moddalari bo'yicha yoki shu moddalarni boshqa qismi bilan kvalifikatsiya qilish; jabrlanuvchining xulq-atvorini ig'vo sifatida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.12 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga