Himoya tarafining tortishuvdagi huquqlari

Himoya tarafining tortishuvdagi huquqlari

O'quvchilarga / Huquq
Himoya tarafining tortishuvdagi huquqlari - rasmi

Material tavsifi

Himoya tarafining tortishuvdagi huquqlari Reja: Himoya tarafining tortishuvdagi huquqlari Himoya huquqi jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash Himoya subyektlarining protsessual faoliyati Himoya tarafining tortishuvdagi huquqlari Tortishuvga asoslangan sud muhokamasining tarkibini tashkil etuvchi asosiy funksiyalardan yana biri himoya funksiyasidar. Jinoyat protsessida himoya funksiyasining o'rni va roli juda ahamiyatli bo'lib, u ayblanuvchiga (sudlanuvchiga) ayblovdan (davodan) qonuniy usul va vositalardan foydalanib, o'z huquq va manfaatlarini himoya etishni kafolatlaydi. Jinoyat protsessida ayblanuvchining (sudlanuvchining) himoya huquqi bilan ta'minlanishi va taraf sifatida muhokamada ishtirok etayotgan boshqa subyektlar bilan huquqiy jihatdan tengligining etirof etilishi himoya funksiyasi va tortishuvning asosiy mohiyatini ifoda etadi. Himoya huquqi jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va qilmishning jinoyat ekanligi yuzasidan ayblov tuzish, uni asoslash bilan bog'liq davlat organlarining jinoiy taqib faoliyatlari natijasida kelib chiqadi. Shaxsning jinoiy taqib ostiga olinishi protsessda himoya faoliyatining boshlanishiga zamin yaratadi. Shu sababli, himoya funksiyasi ayblov funksiyasiga qarama-qarshi bo'lgan muayyan protsess ishtirokchilarining faoliyati hisoblanadi. Binobarin, jinoyat protsessidagi har qanday ayblov (davo) undan o'z huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi, ularga etiroz bildiruvchi va uni inkor etuvchi subyektlarni yuzaga keltiradi. Shu subyektlarning huquq va manfaatlarini himoya etishga qaratilgan faoliyatlari himoya funksiyasining asosini tashkil etadi. Z.Zinatulinning fikricha, «Jinoyat protsessida himoya funksiyasi ayblov (gumon) vujudga kelishi bilan paydo bo'ladi, himoya ayblov funksiyasi bilan bab-baravar jinoyat ishining ayblov mavjud bo'lgan barcha bosqichlarida amal qiladi». V.D.Adamenko esa «…ayblov bo'lmasa, unda himoyaning keragi yo'q», deb takidlaydi. A.M.Larin ham «Ayblov, protsessual majburlov bor ekan, undan himoyalanish zarur», degan fikrni ilgari suradi. Yu.I.Stetsovskiyning fikricha, «himoya ayblov (gumon)ga qarshi reaksiyadir, qaerda ayblov vujudga kelsa, himoya o'sha yerda amal qiladi». Yuqoridagi fikrlarni umumlashtiradigan bo'lsak, himoya funksiyasi - bu ayblovga qarshi vujudga keladigan reaksiya bo'lib, jinoyat protsessida ayblov funksiyasining mavjudligi manfaatdor shaxsga o'zining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishni zaruriy shart qilib qo'yadi. Shu joyda, himoya funksiyasi qanday ayblovga nisbatan vujudga keladi, degan savol tug'iladi. Yani himoya har qanday ayblovga nisbatan ham vujudga keladimi yoki uning vujudga kelishining mezonlari mavjudmi? Shaxsga nisbatan rasmiy bo'lmagan ayblov, masalan, jinoyat sodir qilishda gumon qilinib, ayb elon qilinganda ham himoya huquqi vujudga keladimi, degan savol tug'iladi. Albatta, bunda shaxs o'zini himoya qilish huquqiga ega, ammo bu jinoyat-protsessual manodagi himoya emas, chunki jinoyat-protsessual himoya rasmiy ayblov, yani davlat organlari tomonidan shaxs gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi etirof etilganda vujudga keladi. Himoya subyektlarining protsessual faoliyati aynan ayblanuvchining (sudlanuvchining) aybsizligini yoxud uning javobgarligini engillashtiruvchi holatlarni aniqlash, uning shaxsiy va moddiy huquqlarining himoyasiga qaratilgan. Himoya funksiyasidagi moddiy huquq tushunchasi qonun tomonidan ayblanuvchiga (sudlanuvchiga) berilgan protsessual huquq va vositalarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.44 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.44 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga