Hisob yuritish jarayonining umumiy tavsifi

Hisob yuritish jarayonining umumiy tavsifi

O'quvchilarga / Huquq
Hisob yuritish jarayonining umumiy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Hisob yuritish jarayonining umumiy tavsifi Reja: 1. Buxgalteriya hisobi 2. Xo'jalik hisobi 3. Tijorat tahlili (marketing tahlili) Buxgalteriya hisobi ichki boshqarish va tashqi iste'molchilar-ning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan kor-xonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo'jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o'zaro bog'liq bo'lgan kuzatish va nazorat qilish tizimi-dan iborat. Buxgalteriya hisobi yordamida xo'jaliqda mavjud bo'lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag'larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma'lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo'jalik faoliyatining mo-liyaviy natijalari-foyda (sof daromad) yoki zarar hisoblab chiqila-di; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko'rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham tezkor va statistika hisobidagi kabi barcha o'lchagichlar-natura, mehnat va pul o'lchagichlari qo'llaniladi. Lekin unda pul (qiymatli) o'lchagichga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o'lchagichda buxgalteriya hisobining barcha obyektlari, garchi ular natura va mehnat o'lchagich-larida aks ettirilgan bo'lsa ham, albatta, pul o'lchagichida ifodala-nadi. Xo'jalik hodisalari haqidagi ma'lumotlar statistika hisobi tomonidan tezkor va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muas-sasalarda mustaqil ravishda hisoblanadigan dastlabki hisobdan ba'zi ma'lumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari-qayta ro'yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bo'lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi. Statistika hisobining ko'rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud o'lchagichlar natura, mehnat va pul o'lchagichlaridan, o'rganilayotgan hodisaning mazmuni va qo'yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. Pul o'lchagichi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag'-lari hajmi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatla-ri, ko'zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tan-narxi, realizatsiyadan olingan yalpi tushum, morjinal (eng katta yal-pi) foyda va shu kabilar. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo'jalik muomalalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo'jalik jarayonlarining to'la tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlani-shidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir muomala dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha muoma-lalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati usti-dan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma'lumotlar olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yig'ma yakunlangan ko'rsatkichlarni olish uchun yig'ilgan ma'lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo'jalik faoliyatini uzluksiz va o'zaro bog'langan holda aks ettirilishini ta'minlaydi. Buxgalteriya hisobining ma'lumotlari ayrim korxona, tashqi-lot va muassasalar hamda ma'lum bir kompaniya (birlashma) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.21 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.21 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga