Hodisa joyini ko'zdan kechirish Reja: 1. Hodisa joyini ko'zdan kechirishning umumiy qoidalari 2. Hodisa joyini ko'zdan kechirishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish taktikasi 3. Hodisa joyini ko'zdan kechirish natijasini qayd etish Jinoyatni ochish va jinoyatchilarni fosh etishda o'tkaziladigan tergov harakatlari ichida hodisa joyini ko'zdan kechirish alohida o'rinni egallaydi. Hodisa joyini ko'zdan kechirishning ahamiyati bu tergov harakatining o'ziga xos bo'lgan xususiyatlari bilan bog'liq. Tergovchi voqea sodir etilgan joyda haqiqatdan ham jinoyat sodir etilgan yoki etilmaganligi holati va unga sabab bo'lgan holatlarni aniqlash bo'yicha tergov harakatlari o'tkazadi. Hodisa sodir etilgan joyda ko'p hollarda moddiy iz va boshqa ashyoviy dalil sifatida jinoyatchining izlari qoladi. Bu izlarni va boshqa ashyoviy dalillarni qidirib topish va ularni protsessual qonun asosida ishga qo'shish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu ashyoviy dalillar to'plangandan keyin tergovchi sodir etilgan jinoyatni ochish uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo'ladi. Hodisa sodir etilgan joyni ko'zdan kechirishda to'plangan ashyoviy dalillar tergovchiga jinoyatni ochish va tergov harakatlarini olib borish imkoniyatini beradi. Hodisa joyini ko'zdan kechirishning xususiyatlaridan yana biri, tergov harakatini o'tkazishda kriminalistik texnika vositalarini keng miqyosda qo'llashdir. Hodisa joyini ko'zdan kechirishda kiminalistik texnikaviy vositalardan foydalanish jinoyatni o'z vaqtida ochish uchun yordam beradi. Kriminalistik texnika vositalari ko'zga ko'rinmaydigan izlarni qidirib topishda muhim ahamiyatga egadir. Hodisa joyini ko'zdan kechirish, ko'p jinoyatlarni tergashda dastlabki tergov harakati hisoblanib, tergovni to'g'ri tashkil etish, versiyalarni tuzish va ularni tekshirish hamda lozim bo'lgan holatlarni aniqlashga imkon beradi. Hodisa joyini ko'zdan kechirish har bir tergalayotgan jinoyat ishi bo'yicha o'ziga xos xususiyatga ega. Tergovchi ushbu xususiyatlarga binoan o'tkazilayotgan tergov harakatini sodir etilgan muayyan holatga qarab hal etadi. Voqea joyini ko'zdan kechirishda tergovchidan bu sohada mahorat bilan o'z vaqtida tezkor-qidiruv harakatlarini o'zaro hamkorlikda amalga oshirishlikni talab etadi. Hodisa joyini ko'zdan kechirishning umumiy taktik qoidalari bor. Ularga ko'ra, ko'zdan kechirish obyektiv bo'lishi kerak. Tergovchi jinoyat ishi bilan bog'liq bo'lgan holatlarni har taraflama o'rganib, to'plangan materiallarga obyektiv baho berishi lozim. Tergovchi ish bilan bog'liq bo'lgan ayrim faktlarni, ashyoviy dalillarni ikkinchi darajali dalil deb hisoblashi mumkin emas. Hodisa joyini ko'zdan kechirishni kechiktirmasdan, o'z vaqtida amalga oshirish kerak. Tergovchi jinoiy hodisa sodir etilganligi to'g'risida xabar olgandan keyin darhol hodisa joyiga yetib borishi lozim. Hodisa joyini ko'zdan kechirishga chiqishni kechiktirish, jinoiy hodisa sodir etilgan holat va vaziyatning o'zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Ba'zi jinoyatlar bo'yicha hodisa joyidagi holat uzoq muddatga saqlanib turmaydi. Avtotransport hodisasi, baxtsiz hodisalar bunga misol bo'la oladi. Bundan tashqari hodisa joyiga chiqishni kechiktirish jinoiy ishdan manfaatdor bo'lgan shaxslar tomonidan ashyoviy dalillarning yo'qotilishi yoki voqea holatining o'zgartirilib yuborilishiga olib kelishi, ob-havo yomg'ir, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.66 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.66 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: doc