Hokimiyat va siyosiy hokimyat 1. Siyosiy hokimiyat tushunchasi. 2. Siyosiy hokimiyat shakllari. 3. Siyosiy hokimiyat asoslari va resurslari. 4. Siyosiy hokimiyatning legitimligi. REJA: Siyosiy xokimiyat siyosatning O'zagini tashkil qiladi. Siyosiy xokimiyatning turi, uning qo'lga olinishi va saqlab qolish usullari siyosiy tizimning harakterini belgilaydi. Siyosiy xokimiyat deganda, keng ma'noda ma'lum bir shaxs va insonlar guruhining obru-e'tibori, huquq, zo'rovonlik va boshqa vositalar orqali boshqalarni boshqarish, boshqalarga nisbatan O'z irodasi va istaklarini o'tkazish huquqi va qobiliyati tushuniladi. Siyosiy ќokimiyat mavjud bo'lishi uchun nafaqat boshqaruvchi, balki eng avvalo bo'ysunuvchi bunga moyillik bildirishi kerak, negaki siyosiy hokimiyat munosabatlari - bu ijtimoiy munosabatlar va ularning vujudga kelishi uchun ikkala tomon ham O'zaro munosabatga kelmog'i lozim. Siyosatshunoslik kategoriyalari orasida markaziy o'rinni egallovchi xokimiyat tushunchasi jamiyat va siyosatning negizlaridan biridir. Xokimiyat boy va xilma-xil shakllarda, darajalarda namoyon bo'ladigan ijtimoiy xodisa bo'lib, u odamlarning barqaror uyushmalari: oilada, ishlab cho'arishda, turli tashkilot va muassasalarda, SHuningdek, davlatda mavjud. HOKIMIYAT Xokimiyatning eng asosiy va o'ziga xos ko'rinishlaridan biri - siyosiy xokimiyatdir. Siyosiy xokimiyat - siyosat subhektlarining siyosatda ifodalangan irodasini turli yo'llar, usullar va vositalar yordamida amalga oshirish faoliyatining o'ziga xos shaklidir. U jamiyat xayotida aloxida o'rinni egallaydi. Bu shu bilan belgilanadiki, siyosiy xokimiyat jamiyat va davlat xayotini bir butunligicha va yaxlitligicha qamrab oladi, uni yo'naltiradi xamda tartibga soladi, xokimiyatning boshqa ko'rinishlarini birlashtiradi, ularni xalq manfaatlariga bo'ysundiradi. SIYOSIY HOKIMIYAT Siyosiy xokimiyat munosabatlari ishtirokchilarini siyosiy hokimiyat sub'ektlari va ob'ektlari deb atashadi. Siyosiy hokimiyat sub'ektlariga davlat va uning institutlari, siyosiy yetakchilar va elitalar, siyosiy partiyalar kiradi. Siyosiy hokimiyat, uni boshqa turdagi hokimiyatlardan farqlovchi O'ziga hos belgilarga ega: - ustivorlik, qarorlarning butun jamiyat, shu jumladan hokimiyatning boshqa turlari uchun ham majburiyligi; - umumiylik, ya'ni siyosiy hokimiyat butun jamiyat nomidan faoliyat yurgizadi; - mamlakat hududida kuch va hokimiyatning boshqa vositalarini qo'llashdagi qonuniylik; - yagona markazlik, ya'ni qarorlar qabul qilishda umumdavlat markazi (hokimiyat organlari tizimi) mavjudligi; - hokimiyatni qo'lga kiritish, ushlab qolish va foydalanishda qo'llaniladigan vositalarning keng qamrovligi. SIYOSIY HOKIMIYAT SUB'EKTLARI SIYOSIY HOKIMIYAT Jamoatchilik fikri xokimiyati (ijtimoiy xokimiyat) demokratik siyosiy tizimda katta rolg' o'ynaydi. SHuning uchun xozirgi zamon rivojlangan davlatlari kuchli ijtimoiy imkoniyatlarga egadirlar. Ular bunday imkoniyatlar yordamida axoli keng qatlamlarining ijtimoiy axvolini yaxshilashga sezilarli tahsir ko'rsata oladilar. Jamiyat xayotini siyosiy xokimiyatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. CHunki usiz jamiyatda tartibsizlik, bosh-boshdoqlik, o'zboshimchalik boshlanadi. SHuning uchun xam siyosiy xokimiyatning asosiy maqsadi - jamiyat va davlat xayotini tartibga solish xamda boshqarishdir. Demak, siyosiy xokimiyat u yoki bu vosita: obro', xuquq zo'rlik yordamida o'z irodasini amalga oshirish, jamiyat xulq-atvoriga belgilovchi tag'sir ko'rsatishning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
581.87 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
581.87 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx