Hozirda xalqaro tashkilOTLAR HUQUQI Mavzusida tayyorlangan taqdimot Reja: 1.xalqaro tashkilotlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va zamonaviy xalqaro-huquqiy munosabatlarda ularning ahamiyati. 2.xalqaro tashkilot va xalqaro tashkilotlar huquqi tushunchalari. 3.xalqaro tashkilotlar klassifikatsiyasi. 4.xalqaro tashkilotlarning xalqaro-huquqiy maqomi. 5.xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda a 'zolik. 6.xalqaro tashkilotlarning organlari. 7.O'zbekistonda xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va rivojlanishining nazariy jihatlari. xalqaro tashkilotlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va zamonaviy xalqaro-huquqiy munosabatlarda ularning ahamiyati xalqaro tashkilotlar boshqacha qilib avtganda, davlatlararo birlashmalaniing paydo bo' lishi va rivojlanishi to'g'risida fikr yuritilganda, qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi VI asming boshlarida shakllana boshlangan shahar-polislarning ittifoqlariga murojaat qilishimiz mumkin. Odatda ikki xil turdagi ittifoqlar mavjud bo'lgan: diniy-siyosiy ittifoq, harbiy-siyosiy ittifoq. Harbiy-siyosiy ittifoq sifatida simmaxiya (misol uchun: Delos, Lakedemon simmaxiyalari, Etoliya va Axey ittifoalari) hamda amfiktioniya (misol uchun: Delfiy-Fermopil) - yunon xudolari ibodatxonalarida tashkil etiluvchi yunon qabilalarining vakillari uyushmalari mavjud bo'lgan. Lakedemon simmaxiyasi miloddan avvalgi VI asrda Peloponnesdagi shaharlar va qabilalarning ittifoqi sifatida tashkil topgan. Ittifoqning boshida Sparta turar edi. Ittifoqning oliy organi Sparta tomonidan yilda bir marta chaqiriladigan umumittifoq yig'ilishi (sillogos)da Ittifoqqa kirganbarcha, ularning katta. kichikligidan qat'i nazar, bir ovozga ega edi. Qarorlar ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinardi. Grek shaharlarining ikkinchi yirik ittifoqi Afina yoki Delos simmaxiyasi edi. Ittifoqning boshida Afina turgan. Delos simmaxiyasi miloddan awalgi 478477-yillarda grek-fors urushida forslarga qarshi harbiv-dengiz ittifoqi sifatida tashkil topgan. Delos simmaxiyasi Lakedemon simmaxiyasidan ikki jihati bilan ajralib turardi: birinchidan, ittifoqchilar Delosdagi umumiy xazinaga aloliida badal (foros) to 'lashar; ikkinchidan esa, ular gegemon bo'lgan Afinaga qaram edi. Vaqt 0'tishi bilan Delos simmaxiyasi Afina davlatiga (arxega) aylandi. 1939-yilda dunyoda 48ta hukumatlararo xalqaro tashkilot bo'lgan. xalqaro assotsiatsiyalar ittifoqining ma'lumotlariga qaraganda, 1978-yili 2430ta xalqaro tashkilot bodgan bo'lsa, hozirgi paytda ularning soni 20 mingdan oshib ketgan.2 xalqaro tashkilotlar taraqqiyotining tarixida burilish nuqtasi 1945-yili Birlashgan Millatlar tashkilotining tuzilishi hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning soni juda tez o'sgan va yangidan yangi xalqaro tashkilotlar paydo bo'lgan. xalqaro tashkilotlarning eng yorqin misoli bo'lgan mazkur BMT to'g'risida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti 1.A.Karimov ushbu tashkilotning 48-sessiyasida shunday degan edi: BMT - bu xalqlarning tinch-totuv yashashga bo'lgan ezgu irodasining buyuk ramzi, insoniyat ma'naviy taraqqiyotining yorqin nisxonasidir Bugungi kunda BMT bilan bir qatorda, uning ixtisoslashgan tashkilotlari, YXHT, NATO, Yl, MDH, SHHT kabi turli xalqaro tashkilotlar umujahon hamda mintaqaviy darajada tinchlikni ta 'minlash va davlatlar o'rtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o'ynamoqda. xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlarining biri hisoblanadi. Bugungi kunda xalqaro hayotning biror sohasi yo'qki, unda xalqaro tashkilotlarning ishtiroki bo'lmasa. Professor A.Saidovning yozishicha. xalqaro munosabatlarda xalqaro tashkilotlar davlatlar hamkorligining oqilona shakllaridan biri ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
301.01 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
301.01 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx