Hozirgi dunyoda islom huquqi

Hozirgi dunyoda islom huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Hozirgi dunyoda islom huquqi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi dunyoda islom huquqi RYeJA: 1. Islom huquqi jahon siyosiy xaritasida 2. O'zbekistonning hozirgi zamon huquqi va ma'rifatli islom an'analari Islom dini yuzaga kelgan davrdan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy va davlat tuzumini barpo etishning g'oyaviy va siyosiy negiziga aylandi. Musulmon mamlakatlarida davlat hokimiyati va huquqi vazifalarini bajaruvchi barcha boshqaruv organlari islom (shariat) qonunlari asosida ish ko'rganlar. Islom yurisdiksiyasi muayyan davlat hududi - «Dar-ul-Islom», yani Islom Mamlakati, Uyiga nisbatan tatbiq etilgan. Tabiiyki, islom hamda bir milliarddan ortiq aholi yashaydigan musulmon mamlakatlari o'zining o'n to'rt asrlik tarixi davomida davlat va diniy tashkilotlar munosabatlarini tartibga solish bo'yicha xalqaro miqyosda ulkan tajriba to'pladi. Islom huquqiy ta'limoti islomni yagona qonunchilik tariqasida mustahkamlashni talab qiladi. Dindan xoli huquqiy amaliyot musulmonchilikda mumkin bo'lmagan. Islom ta'limotiga ko'ra, odamlar qonun yaratmaydi, balki Allohning qonunlarini amalda qo'llaydi. Shu bois hokimiyat qonun chiqaruvchi emas, balki ijro etuvchi bo'lishi lozim, deb hisoblangan. Islomda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasida qarama-qarshilik bo'lishi mumkin emas, chunki ular amalda Allohning qonunlarini ijro etuvchilar hisoblanadi. Shu bois +uronni musulmon mamlakatlarining Konstitutsiyasi deyish mumkin. Islomning rasmiy maqomi Liviyada o'ziga xos shaklda mustahkamlab qo'yilgan. Bu yerda 1977 yil qabul qilingan «Xalq hokimiyatini o'rnatish to'g'risida»gi Deklaratsiyada +uron «jamiyat qonuni (shariati)» deb atalgan (2-modda). Islom institutlari va me'yorlari Saudiya Arabistoni, Eron, Fors (Arab) ko'rfazidagi bir qancha davlatlarning butun siyosiy tizimini qamrab olgan. Ko'pgina konstitutsiyalarning muqaddimasi islom uchun an'anaviy «Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan», degan so'zlar bilan boshlanadi, ularda Alloh ko'p marta tilga olinadi, xalqning islomiy mentaliteti yoki islom ta'limoti bilan bog'liqligi to'g'risida so'z yuritiladi (Bahrayn, Tunis, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, +atar). 1972 yilgi Bahrayn Tasis assambleyasini saylash to'g'risidagi qonunning muqaddimasida mustaqil davlat mamlakat sharoiti, uning arabiy va islomiy merosiga mos keladigan konstitutsiyaviy parlament tuzumi sharoitida demokratiya va adolatparvarlik tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimini barpo etishga harakat qilinayotganligi takidlangan. Davlat boshlig'i uchun diniy tsenzning belgilanishi hozirgi zamon davlat huquqiga islom institutlari ta'sirining ko'rinishlaridan biridir. Masalan, Iordaniya Konstitutsiyasiga (29-modda «d» bandi) muvofiq, musulmon ota-onadan tug'ilgan musulmon odamgina qirol bo'lishi mumkin. +uvayt amiri ham shu talabga javob berishi lozim (4-modda). Tunis Konstitutsiyasiga muvofiq, Prezident dini islom hisoblanadi (37-modda). Pokistonda 1973 yilgi Konstitutsiyaga muvofiq nafaqat Prezident, balki bosh vazir ham musulmon bo'lishi kerak. Marokash Konstitutsiyasida qirol islomga rioya etilishini nazorat qiluvchi «mo'minlar Amiri» deb aytilgan (19-modda). Bruneyning Asosiy qonunida monarx davlatning oliy ulamosi deb elon qilingan (3-modda), Malayziya Federatsiyasining Konstitutsiyasida esa, musulmonlar ustidan oliy diniy hokimiyatga shtatlarning sultonlari va Federatsiya boshlig'i ega deb tan olingan. +uvaytda hokimiyat Muborak as-Saboh shajarasi bo'yicha avloddan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.08 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.08 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga