Hozirgi xalqaro shartnomalar huquqi

Hozirgi xalqaro shartnomalar huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Hozirgi xalqaro shartnomalar huquqi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi xalqaro SHARTNOMALAR HUQUQI Mavzusida tayyorlangan taqdimot Reja: 1.xalqaro shartnomalar huquqini vujudga kelishi. 2.xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va predmeti. 3.xalqaro shartnomalar huquqi subyektlari. 4.xalqaro shartnomalami tasniflanishi va tarkibi. 5.xalqaro shartnomani tuzish. 6.xalqaro shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish. 7. xalqaro shartnomalarga qo'shimcha va o 'zgartirishlar kiritish. 8.xalqaro shartnomalarning vaqt va hudud bo'yicha amal qilishi. 9.xalqaro shartnomalami tatbiq qilish. 10. xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va to'xtatib turish . xalqaro shartnomalar huquqini vujudga kelishi Shartnomalar huquqi doirasidagi kodifikatsiyalashning ilk urinishlari olimlar tomonidan amalga oshirilgan. Bunday kodifikatsiyalar (tizimga kiritish) doktrinali deb ataladi. Kodifikatsiyalashga Y.Blyunchli (kodeks ko'rinishida bayon etilgan zamonaviy xalqaro huquq 1868-yil), D.Fild (xalqaro Kodeks asoslarining loyihasi, 1872-yil) kabilar ko'proq e 'tibor qaratishgan. 0 'z davrining nafaqat tajribasi, balki doktrinasidan ham oldinlab ketgan Y.Blyunchlining loyihasi alohida ahamiyatga ega. Boshqa bir qator mualliflar asosiy protsessual jarayonlardagi kodifikatsiya va shartnomalarning tuzilish tartibi bilan cheklangan boMsalar, Y.Blyunchli esa shartnomalarning xalqaro huquq me'yorlari masalasiga ham murojaat qilgan. Shartnomlarga tegishli normalaming rasman kodifikatsiyalanishi XIX asming boshlariga kelib dolzarblashdi. Vaziyat murakkab edi. xalqaro shartnomalar to'g'risidagi Garvard konvensiyasi loyihasining izohida shunday deyiladi: xalqaro sharmomalarning aniq va faVshan huquqlari mavjud emas shartnomalar huquqi sohasi o 'zida havotirlar avj olib borayotgan va hozirgi kunda yaxlit kelishuv va umumiy standartlar juda ham kam o 'matilgan doirani aks ettirgan . Shunga o 'xshash fikr 1926-yil Millatlar Ligasining xalqaro huquqni kodifikatsiyalash bo'yicha ekspertlar qo'mitasi tomonidan ham bildirilgan. Rasmiy kodifikatsiyaning birinchi akti 1928-yil Amerika davlatiarining konferensiyasida qabul qilingan xalqaro shartnomlar Konvensiyasi hisoblanadi. Tarkibi jihatidan Konvensiya juda ham chegaralangan edi, shunga qaramay u baribir kuchga kirmadi. xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va predmeti xalqaro shartnomalar huquqi - prinsip va normalarning xulosalar tartibi. xalqaro shartnomalaming amal qilinishi. ularning to'xtatilishini belgilab beruvchi xalqaro huquqning alohida tarmog'idir. Shartnomalaming rivojlangan huquqi mavjudligi - zamonaviy xalqaro huquqning o 'ziga xos xarakterli xususiyati. Bu tarmoq xalqaro huquq tizimida mustahkam, o 'zgarmas jo y egallagan. U xalqaro huquqning barcha soha, tarmoq va institutlari bilan bog'liq. Unga bag'ishlangan konvensiyalar ham shunday ataladi. Shartnoma nomi ularning xalqaro huquq tomonidan boshqariluvchi (tartibga soluvchi), ularning nomlanishi, tuzilishi va ishtirokchilar tarkibidan qat'i nazar, xalqaro kelishuvlarning barcha tur va ko'rinishlarini qamrab oluvchi tushunchani anglatish uchun qabul qilingan. Shartnomlar atamasiga Vena konvensiyasi ham alohida ma'no bergan. 1969-yildagi konvensiya mazkur atama asnosida faqatgina davlatlararo yozma tarzda tuzilgan kelishuvlar tushunilishini e 'tirof etgan bo'Isa. 1986-yildagi konvensiyada bu atama asnosida xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi kelishuviarni ham tushunilishini ta 'kidlaydi. Shuningdek. bu atamaning bunday ma'noda talqin qilinishi faqat mazkur Konvensiyagagina xos (2-modda). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.8 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.8 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga