Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursining predmeti va metodlari Reja: Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursini o'rganishning zarurligi Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursi predmeti va metodining umumiyligi va o'zaro aloqadorligi Yuridik metodning xususiyatlari, funksiyalari Davlat va huquq umumiy nazariyasi rivojlanishda vorisiy-lik va yangilik Davlat va huquq umumiy nazariyasi yurisprudensiya tizimida Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursini o'rganishning zarurligi Ta'kidlash joizki, magistraturaning 1-kursi tinglovchilariga Hozirgi zamon davlati va huquqi nazariyasi muammolari maxsus kursini o'qitishni boshlaganda bu muammoviy maxsus kursning ―Bakalavriat bosqichi 1-kursida o'tilgan ―Davlat va huquq nazariyasi fanidan farqi nima, o'sha o'quv predmetidagi masalalarni yana qayta o'tishga to'g'ri kelmaydimi? -degan savollar tug'ilishi tabiiy. Fikrimizcha, ―Davlat va huquq nazariyasi» ning muammoviy kurs sifatida qayta o'tilishi zarurligini belgilovchi bir necha holatlar mavjud: -―Bakalavriat bosqichining 1-kursida talabalar davlat-huqu-qiy hodisalarni, ular to'g'risidagi tushunchalarni hamda davlat-huquqiy hodisalar rivojidagi o'zaro aloqadorlik qonuniyatlarini kompleks tarzda, o'zaro ziddiyatli bog'liqlikda tushunib, tahlil etishga dunyoqarashi, ayniqsa huquqiy tafakkur va huquqiy dunyoqarashi, hayotiy tajribasi hamda yuridik borliq, jumladan yuridik fanlar va ularning o'zaro aloqadorligi haqida, yuridik amaliyot bo'yicha tasavvurlari hozirgi darajadan ancha tor bo'lganligi aniq. Holbuki, davlat-huquqiy hodisalar, ularning rivojlanish qonuniyatlari, o'zaro aloqadorligi juda murakkab hodisalar va voqeliklar bo'lib, ularni tushunish talabadan yuqori darajada huquqiy tafakkur va tahliliy aql sohibi bo'lishni talab etadi. Bu obyektiv mazmunga ega bo'lgan holatdir. Magistrantlar esa oliy yuridik ta'limning tayanch bosqichini tugatgan huquqshunoslardir. Shu bois ular davlat-huquqiy hodisalarning mazmunini, tushuncha-sini bilish bilan cheklanmay, balki ular o'rtasidagi murakkab, ba'zan ziddiyatli aloqadorlikning mohiyatini, muammolarini teran tushuna olishadi, chunki ularda yuridik fanlar tizimida davlat va huquq nazariyasining tutgan o'rni haqida faqat nazariy bilimlar majmuasi bo'libgina qolmay, balki o'tgan vaqt davomida boshqa yuridik fanlarni o'rganish hamda ta'til davomida o'tagan amaliyot-lari jarayonida real bu haqda tasavvurga ega bo'lishgan. Bundan tashqari, magistrantlar turli yuridik institutlar faoliyati, umu-man yuridik amaliyot haqida muayyan empirik bilimlarga ham ega. Shu munosabat bilan ular davlat-huquqiy hodisalarning o'zaro aloqador-ligi, rivojlanish qonuniyatlarini bugungi kun realliklari asosida butunlay yangi sifat darajasida tahlil etish va bu sohalardagi muammolarning yechimini topishga harakat qilishga qodir. -Ijtimoiy fanlar mafkuralashgan va siyosiylashgan paytlar bizdan tobora uzoqlashib, u fan bilan siyosatning qo'shiluvi noo'rin, zararli ekanligi haqida keyingi avlodlarga guvohlik beruvchi va ogohlantiruvchi tarix sahifalariga aylanmoqda. Ayni paytda, fanda mumtoz mazmunga ega bo'lgan, vaqt, makon tanlamaydigan haqiqat durdonalari hisoblanmish, umume'tirof etilgan bilimlar va mate-riallarni hozirgi zamon davlat-huquqiy ilmi yutuqlari bilan oqi-lona uyg'unlashtirish muammosi ham bugungi kunda dolzarbdir. Masalan, inson huquqlarining birlamchiligi, davlat va ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.42 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.42 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: doc