Reja: 1.Hozirgi zamonda amal qiluvchi asosiy fuqarolik-huquqiy tizimlar 2. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni musulmon huquqi tizimida tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari Hozirgi zamonda amal qiluvchi asosiy fuqarolik-huquqiy tizimlar Hech qaysi mamlakat, davlat, xalq hozirgi zamon sharoit-larida fuqarolik huquqisiz ijtimoiy munosabatlarni samarali tartibga sola olmaydi. Hatto dunyoni qaysi bir ovloq chekkasida hali ham o'rmonlar, chakalakzorlarda istiqomat qiluvchi yovvoyi qabilalarda ham o'zaro mahsulotlar, buyumlar ayirboshlash, savdo-sotiq munosabatlari eng ibtidoiy ko'rinishlarda ro'y beradi va ularni tartibga soluvchi odat, patriarxal huquq qoidalarining anchagina qismi fuqarolik-huquqiy xarakterga ega. Hozirgi vaqtda dunyoda amal qiluvchi uch asosiy huquq tizim-lari - qita huquq tizimi, umumiy huquqi tizimi va musulmon huquqi tizimida fuqarolik huquqi o'ziga xosliklarga ega. Albatta, fuqarolik-huquqiy tizim shartlari tushunchasi asli-da fuqarolik-huquqiy tizim mavjud huquq tizimidan kelib chiqa-di. Shu bilan birga, mavjud fuqarolik-huquqiy tizimlar o'rtasida yaqinlik, o'zaro uzviylik ham borligini inkor etib bo'lmaydi. Bunday yaqinlik, uzviylik kishilar, davlatlar o'rtasidagi mustah-kam iqtisodiy, madaniy aloqalar tufayli vujudga kelgan, huquq tizimlari esa, bir-birlaridan andoza olishgan, o'zaro boyishgan. Har qanday tizim kabi fuqarolik-huquqiy tizimlar ham muayyan tarkibiy qismlardan iborat. Fuqarolik-huquqiy tizim tar-kibiy qismlariga huquq manbalari, ularning tarkibi, fuqarolik huquqining ichki tuzilishi, me'yorlarning qismlar, bo'limlar, bob-lar, quyi sohalar, institutlar bo'yicha taqsimlanishi, huquqni qo'l-lash amaliyoti, huquqqa va uning amaliyotiga nisbatan doktrinalar kiradi. Yuqoridagi tarkibiy qismlar musulmon, qita (roman-german) va umumiy (anglo-amerika) huquq tizimlarida yaqqol namoyon bo'lsa, patriarxal huquq tizimida zaif tarzda aks etadi. Qita huquq tizimi asosan Yevropaqitasi mamlakatlarini (Buyuk Britaniyadan tashqari) qamrab olgan, shuning uchun ham u qita huquq tizimi nomini olgan. Bundan tashqari bu tizimga Lotin Ame-rikasining ko'p mamlakatlari, Koreya, Xitoy va boshqa rivojlanayot-gan mamlakatlar kiradi. Umumiy huquq tizimi AQSH, Buyuk Bri-taniya, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Yangi Zelandiyada qo'llanadi. Musulmon huquq tizimi Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari - Eron, Saudiya Arabistoni, Afg'oniston, Liviya, Malayziya, Iordaniya va shu kabi davlatlarda qo'llaniladi. Tropik Afrika mamlakatlarida, Arabiston yarim orolining sharqiy qismidagi ko'chmanchi qabilala-rida, Janubiy Sharqiy Osiyoning milliy ozchiligini tashkil etuvchi xalqlarida patriarxal hayot tarzi sababli patriarxal huquq tizimi qo'llaniladi. MDH mamlakatlari, shu jumladan, O'zbekiston fuqarolik huquqi tizimi qita huquq tizimiga mansub, deb hisoblash joiz. Hozirgi zamonda barcha fuqarolik huquqi tizimlari o'rtasida o'zaro yaqinlashuv, bir-biridan andoza olish, implantatsiya jarayoni kechmoqda. Bu jarayon asosan, iqtisodiy, ilmiy-ijodiy, madaniy sohalardagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Fuqarolik-huquqiy munosabat-larning ayrim sohalari bo'yicha xalqaro Konvensiya, davlatlararo bitimlar, Butunjahon Savdo tashkiloti, Yevropaiqtisodiy hamjamiyati, Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti, xalqaro tadbirkorlik Palatasi va boshqa qator umumjahon, mintaqaviy va davlatlararo tuzilmalarning faoliyati bu sohada o'ziga xos turtki bermoqda, uni maqsadga muvofiq tarzda yo'naltirmoqda. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:53:39
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.56 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:53 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.56 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: doc